29.01.2025

sport tadbiri tashkil etildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi Surxondaryo viloyati mintaqaviy filiali Qashqadaryo va Surxondaryolik imom-xatib va noiblardan iborat bo‘lgan tinglovchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida sportning futbol turi bo‘yicha sport tadbiri tashkil etildi.

 

Joriy yilning 24-yanvar kuni termiz shahridagi kichik futbol maydonida  5-davra tinglovchilari bilan futbol musobaqasi tashkil etildi. Bu sport tadbiri tinglovchilar orasida sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish va ularni jismoniy tarbiyaga jalb qilish maqsadida tashkil etilgan. Musobaqa tinglovchilarni sport bilan shug‘ullanishga undovchi, ularning salomatligini mustahkamlashga qaratilgan muhim tadbirlardan biri bo‘ldi. O‘yinning qiziqarli va murosasiz kechishi tinglovchilar o‘rtasidagi sport ruhini yanada kuchaytirdi va kelgusida shunday tadbirlarning o‘tkazilishini istashlarini bildirdi.Sport tadbirlari davom etmoqda, bu esa tinglovchilarga o‘zlarini ish faoliyatlarida va jismoniy holatlarini yaxshilash imkonini bermoqda.

 

Izoh qoldirish