25.01.2025

Qatag‘on qurbonlari muzeyiga joylarda amaliy mashg’ulot uyushtirildi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi Surxondaryo viloyati mintaqaviy filiali Qashqadaryo va Surxondaryolik
 imom-xatib va noiblardan iborat bo‘lgan 5-davra 1-guruh tinglovchilari 2025 yil 
23-yanvar kuni tushdan keyingi tadbirda Surxondaryo viloyati Termiz shahrida joylashgan Termiz davlat universitetida tashkil etilgan Qatag‘on qurbonlari muzeyiga joylarda amaliy mashg’ulot uyushtirildi.

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev 2017-yil 31-avgust kuni “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyiga tashrifi mobaynida jamoatchilik vakillari bilan uchrashuvda bunday muzeyni viloyatlarda ham ochish kerakligi haqida  fikrlarni bildirgan edi. Shu munosabat bilan 2017 yil 22 noyabrda Vazirlar Mahkamasi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi va hududlardagi oliy ta’lim muassasalari tuzilmasida Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeylarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 936-sonli qarori qabul qilindi. 2018 yil 30-yanvar kuni Termiz davlat universiteti tuzilmasida “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi tashkil etildi. Bugungi kunda muzey 3 bo‘lim (Chor rossiyasi mustamlakachilik davri, Sovet hokimiyati davri, Mustaqillik davri)dan  iborat bo‘lib, 216 ta eksponat bilan boyitilgan. Muzeyning asosiy vazifalariga qatagʻonchilik siyosatining paydo boʻlish sabablari va oqibatlarini tadqiq etish va uni mamlakatimiz tarixining tarkibiy qismi sifatida aks ettirish, mamlakatimiz fuqarolarini, ayniqsa, yosh avlodni mustaqillik va adolat tantanasi uchun kurashgan fidoyi ota-bobolarimizning xotirasiga hurmat ruhida tarbiyalash, qatagʻon qurbonlari xotirasini abadiylashtirish, ularni yod etish bilan bogʻliq maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni amalga oshirish va targʻib etish, qatagʻon qurbonlari hayoti va faoliyatini oʻrganish, ilmiy-ijodiy merosini toʻplash, nashrga tayyorlash va chop etish, muzey fondlari va ekspozitsiyalarini mamlakatimiz hamda xorijdagi turli hujjatlar va boshqalar eksponatlar bilan muntazam ravishda boyitib borish kiradi. 

Ekskursiya davomida tinglovchilarga muzey tarixi va uning asosiy vazifalari haqida atroflicha ma’lumot berildi. Ekskursiya davomida tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olishdi. Shu bilan birgalikda, tarixni anglashda va u haqida tasavvurga ega bo‘lishda muzeylarning o‘rni naqadar muhim ekanligiga o‘z ko‘zlari bilan guvoh bo‘lishdi. Mazkur ekskursiya tinglovchilar qalbida olam-olam taassurot qoldirdi.

 

Izoh qoldirish