14-yanvar Vatan himoyachilari kuni
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazining Qoraqalpog'iston Respublikasi mintaqaviy filialida 2025 yil 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Yurtimizda Vatan himoyasi kabi ulugʼvor ishga oʼzini bagʼishlagan harbiylarimiz katta hurmat va eʼzoz bilan qadrlanib, har yili “14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni” katta bayram va shodiyona bilan oʼtkaziladi.
Bu kabi eʼtibor va eʼtirof masʼuliyatli kasb egalarining Vatan oldidagi xizmatlarini yuqori baholanishini namoyon etib, ularning kelgusidagi faoliyatiga ham kuch-quvvat, shijoat va albatta sadoqat bagʼishlaydi.
Maʼlumki, 1993 yil 29 dekabr kuni Oʼzbekiston Respublikasining Qonuniga binoan “14 yanvar — Vatan himoyachilari kuni” deb eʼlon qilindi.
Аlbatta, Vatanni himoya qilish barcha uchun muqaddas burch hisoblanadi. Bu burchni ado etishda yurtimizning himoyachilari boʼlgan milliy armiyamiz va barcha huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan halqimizning tinch va osoyishta hayotini taʼminlashda olib borayotgan xizmatini munosib baholash hamda ularga zarur shart-sharoit yaratish masalalari ham davlatimiz siyosatining muhim yoʼnalishlaridan hisoblanadi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning “Аrmiya va xalq – bir tanu bir jon!” degan olijanob gʼoya va amaliy harakat barcha boʼgʼindagi hokimiyat va boshqaruv idoralari, mahalla, yoshlar, xotin-qizlar, nuroniylar tashkilotlari, taʼlim-tarbiya muassasalari faoliyatini, keng jamoatchilik hayotini qamrab olmoqda. Bu esa Vatan himoyasi chindan ham barchamizning nafaqat vazifamiz, balki sharafli burchimizga aylanib borayotganidan yaqqol dalolat beradi” deb aytgan gaplarida ham Qurolli Kuchlarimizning xalq bilan har qachongidan ham yaqinligini anglashimiz mumkin.
2025-yil 14-yanvar kuni Oʼzbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazining Qoraqalpog’iston Respublikasi mintaqaviy filialida O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining chegara qo’shini 9202 harbiy qism komandirining o’rinbosari, podpolkovnik Toshmatov Sanjarbek Abdullajonovich va leytenant Abdraimov Asadbeklar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Тadbirni mintaqaviy filial direktori A.Abibullaev kirish so‘zi bilan ochib, “14 yanvar — Vatan himoyachilari kuni” mavzusi yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi va davra suhbati ishtirokichlarini O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi bilan samimiy tilaklari bilan tabrikladi.
Keyin, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining chegara qo’shini 9202 harbiy qism komandirining o’rinbosari, podpolkovnik Toshmatov Sanjarbek Abdullajonovich va leytenant Abdraimov Asadbeklar so’zga chiqib bugungi kunda dunyoning turli joylarida keskin tus olayotgan vaziyatda, xalqaro terrorizm, ekstremizm va radikalizm xavf-xatarlari barchamizni ogoh boʼlishga chaqiradi va Qurolli kuchlarimizdan esa yuqori darajadagi jangovar qobiliyatni mustahkamlashni talab etadi. Soʼnggi yillarda davlatimizda harbiy-siyosiy masalalarda ham tubdan islohotlar amalga oshirilib, milliy armiyamiz har qanday tahdidlarga munosib zarba beradigan jangovor qudrati yildan yilga oshib bormoqda.
Muqaddas islom dinida “Ikki koʼz egasini doʼzax otashi kuydirmas: biri – Аllohning azobidan qoʼrqib yigʼlagan koʼz, ikkinchisi – Аlloh yoʼlida poyloqchilik qilib bedor boʼlgan koʼz” (Imom Termiziy rivoyati) deb rivoyat qilingan Paygʼambarimiz sallallohu alayhi vasallam hadislaridan ham shuni anglash mumkinki, Vatan himoyasi yoʼlida olib borilayotgan har qanday xizmat savobli amallar qatoriga kiradi.
14 yanvar kuni esa mamlakatimizda faqatgina harbiylarimizgina emas, balki barcha yurtdoshlarimiz ham tinchlik va osoyishtalik bayrami kuni sifatida keng nishonlashayotganligi haqida aytib o’tti.
Tadbir davomida tinglovchilar biz navqiron avlod vakillarini barkamol, yetuk kishilar qilib voyaga yetkazsak, ularning har birida or-nomus, milliy g‘ururni izchil shakllantirib borsak, Vatanimiz shunchalik qudratli davlatga aylanadi. Vatanni, xalqimiz tinchligi va osoyishtaligini ishonchli himoya qilish, vatanparvar bo‘lish, sodiqlik, fidoyilik tuyg‘ularini xis etib yashayotgan yoshlarimiz mustaqil yurtimizning kelajagidir. Biz qo‘lga kiritgan bunday yutuqlar bilan muqaddas yurtimizda yashayotgan, millati, dini va e’tiqodidan qat’i nazar, har bir inson haqli ravishda faxrlansa arziydi – deb, o‘zlarining fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar.
Umuman olganda, tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘zaro qiziqarli savol-javoblar tarzida o‘tkazildi.
Izoh qoldirish