Vatan himoyasi – muqaddas burch
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazining Samarqand viloyati mintaqaviy filialida 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan“Vatan himoyasi – muqaddas burch” mavzusida o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir to‘g‘risida
MA’LUMOTNOMA
Mamlakatimizning deyarli barcha hududlarida O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganining shonli 33 yilligi munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston armiyasi – mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri!” degan ezgu g‘oya asosida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar amalga oshirilmoqda. Huddi shunday tadbirlardan biri 2025-yil 14-yanvar kuni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazining Samarqand viloyati mintaqaviy filiali professor-o‘qituvchilari, xodimlari va tinglovchilari ishtirokida ham tashkil etildi.
Тadbirni mintaqaviy filial direktori J.A.Ochilov kirish so‘zi bilan ochib, “Vatan himoyasi – muqaddas burch” mavzusi yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi va davra suhbati ishtirokichlarini O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi bilan samimiy tilaklari bilan tabrikladi.
Ma’naviy-ma’rifiy tadbir davomida “Ijtimoiy va mutaxassislik” fanlari kafedrasi mudiri X.A.Djurakulov va kabinet mudiri 3-darajali yurist E.Nazarovlar O‘zbekiston armiyasi 33 yil ichida juda murakkab va sharafli yo‘lni bosib o‘tganligi, yosh davlatimizning o‘ta og‘ir shakllanish yillarida aynan Qurolli Kuchlarimiz mamlakatimiz mustaqilligi, xalqimizning tinch hayoti va farovonligini ta’minlashda hamda demokratik islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishning ishonchli kafolati bo‘lib xizmat qilganligini, shuningdek keyingi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub islohotlar tufayli tarixan qisqa davrda O‘zbekiston Respublikasi suvereniteti va hududiy yaxlitligini, sarhadlarimiz daxlsizligini ishonchli himoya qilishga qodir bo‘lgan, tezkor va ixcham milliy armiya shakllanganligini ta’kidlab, tadbir ishtirokchilarini bayram bilan muborakbod etdilar.
Tadbir davomida tinglovchilar biz navqiron avlod vakillarini barkamol, yetuk kishilar qilib voyaga yetkazsak, ularning har birida or-nomus, milliy g‘ururni izchil shakllantirib borsak, Vatanimiz shunchalik qudratli davlatga aylanadi. Vatanni, xalqimiz tinchligi va osoyishtaligini ishonchli himoya qilish, vatanparvar bo‘lish, sodiqlik, fidoyilik tuyg‘ularini xis etib yashayotgan yoshlarimiz mustaqil yurtimizning kelajagidir. Biz qo‘lga kiritgan bunday yutuqlar bilan muqaddas yurtimizda yashayotgan, millati, dini va e’tiqodidan qat’i nazar, har bir inson haqli ravishda faxrlansa arziydi – deb, o‘zlarining fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar.
Umuman olganda, tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘zaro qiziqarli savol-javoblar tarzida o‘tkazildi.
Izoh qoldirish