07.12.2024

Bosh qomusimiz adolat mezoni

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 32 yilligi munosabati bilan Surxondaryo viloyati TerDU professor-o‘qituvchilari ishtirokida “Bosh qomusimiz adolat mezoni” mavzusida o‘tkazilgan davra suhbati haqida

MA`LUMOTNOMA

 

2024 yil 7 dekabr kuni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi Surxondaryo viloyati mintaqaviy filialida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32 yilligi munosabati bilan “Bosh qomusimiz adolat mezoni” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. 

 Har bir davlatning rivojlanish yo‘lini, dasturini, unda yashovchi insonlarning huquq va erkinliklarini, majburiyatlarini, e’tiqod erkinligi va boshqa mezonlarni belgilab beruvchi qomusi bo‘ladi. 1992 yil 8 - dekabrda qabul qilingan Konstitutsiyamiz iqtisodiyotda, ijtimoiy-siyosiy munosabatlarda va ma’naviy hayotda chuqur islohotlar o‘tkazish uchun puxta huquqiy asos bo‘ldi. Bosh qomusimizda qonunlar ustuvorligi, fuqarolarning huquq va erkinliklari oliy qadriyat ekanligi aks ettirilgan. Jumladan, 20-moddasida: “O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi va davlat bir-biriga nisbatan o‘zaro huquq va majburiyatlar bilan bog‘liqdir.

Insonning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qo‘yilgan huquq va erkinliklari daxlsizdir hamda ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki ularni cheklab qo‘yishga hech kim haqli emas. Insonning huquq va erkinliklari bevosita amal qiladi. Insonning huquq va erkinliklari qonunlarning, davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, ularning mansabdor shaxslari faoliyatining mohiyati va mazmunini belgilaydi. 

Davlat organlari tomonidan insonga nisbatan qo‘llaniladigan huquqiy ta’sir choralari mutanosiblik prinsipiga asoslanishi va qonunlarda nazarda tutilgan maqsadlarga erishish uchun yetarli bo‘lishi kerak.

Inson bilan davlat organlarining o‘zaro munosabatlarida yuzaga keladigan qonunchilikdagi barcha ziddiyatlar va noaniqliklar inson foydasiga talqin etiladi.”, deyilgan.

Diyorimizda yashovchi 130 dan ziyod millat vakillarining boshqa huquq va erkinliklari qatori e’tiqod erkinligi ham kafolatlangan. Konstitutsiyamizning 35-moddasida “Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan diniga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburiy singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi”, deyilgan. Demak, qomusimizda diniy bag‘rikenglik tamoyillari muhim o‘rin olgan, desak hech mubolag‘a bo‘lmaydi. Alloh o‘z kalomida: “Dinda zo‘rlash yo‘q. Zero, to‘g‘ri yo‘l yanglish yo‘ldan ajrim bo‘ldi”, deb marhamat qiladi. Aqiyda, iymon masalasi inson qalbiga bog‘liq juda ham nozik bir masaladir. Bu narsani majbur etib, kuch bilan singdirib bo‘lmaydi. Balki, har bir inson bayon qilingan ilohiy ko‘rsatmalarni tushunib iymon keltirgandagina maqsad hosil bo‘ladi. Islomda ushbu qoidaga qattiq rioya qilinadi. Xuddi ana shu narsa qomusimizda belgilangan vijdon erkinligidir, deya ta`kidlandi. 

Termiz davlat universiteti Yuridik fakulteti Jinoyat huquqi va fuqarolik protsessi kafedrasi o'qituvchisi Rahmatulloyev Islombek hamda Termiz Davlat universiteti Yuridik fakukteti Davlat va huquq asoslari kafedrasi o'qituvchisi Avliyaqulov Adham, shuningdek mintaqaviy filial rahbar-xodimlari va tinglovchilar ishtirok etishdi. 

Tadbirda I.Rahmatulloyev, A.Avliyoqulovlar so‘zga chiqib, ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi haqida quyidagicha ma’lumotlar berdi: Barchangizni, sizlar orqali butun xalqimizni bugungi ulug‘ ayyom – mamlakatimiz Konstitutsiyasi qabul qilinganining 32 yillik bayrami bilan samimiy muborakbod etishga ijozat bergaysiz.

Tarixda millatchilik irqchilik balosi katta urushlarga sabab bo‘lib xaqlarning boshlariga og‘ir kulfatlarni solganligiga ko‘plab misollar mavjud. Millatchilik bir xalqning xaq xuquqlarini poymol bulib uning erkini yo‘qolishiga olib keladi. Mustaqil O‘zbekistonimizda yashayotgan har bitta millatlarning xaq xuquqlari tiklanib hamma millatlarning tengligi konstitutsiya bilan belgilab qo‘yilgan. Mamlakatimizda yashayotgan millatlarning milliy markazlari faoliyat olib borib ularning o‘zbek millati bilan bap barobar teng xuquqli yashab mexnat qilish imkoniyati yaratib berildi. Mustaqil vatanimizda barcha xalqlarning emin erkin baxtiyor do‘stona xayot kechirishi O‘zbekistonlik har bir inson uchun faxrlansa arziydi. Bu narsa davlatmiz tomonidan olib borilayotgan oqilona siyosatning nihoyatda to‘g‘ri ekanini o‘tgan vaqt isbotlab berdi.

Asosiy Qonunimizda ham inson omili, inson huquqi, sha’ni va qadr-qimmati eng oliy qadriyat deb belgilab qo‘yilgan. Konstitutsiyaning uchinchi bo‘lim 14 - bob 80-moddasida shunday deyiladi: “Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar o‘z ota-onalari haqida g‘amxo‘rlik qilishga majburdirlar” deyilgan. Ota-ona bolaning vujudga kelishiga sababchi bo‘lganlari uchun ham ular oldida farzandlik haqlari bor. Ota-ona bolani yoshlikdan ardoqlab-avaylab o‘stiradi, uning rohati uchun qayg‘uradi.

Bu borada ilohiy mezon bo‘lmish Qur’oni karimning “Isro” surasi 23-24 oyatlarida shunday marhamat qilinadi: “Rabbingiz, Uning O‘zigagina ibodat qilishingizni hamda ota-onaga yaxshilik qilishni amr etdi!”

Bu ikki hukmning bir oyatda, bir jumlada bayon qilinishining o‘ziyoq islomda ota onaning haqqi qanchalik ulug‘ ekanini ko‘rsatadi.

Vatan – muqaddas dargoh. Uni himoya qilish, dushmanlardan asrash, ravnaqi va farovonligi yo‘lida xizmat qilish har bir musulmon uchun ham farz, ham qarzdir. Payg‘ambarimiz sallollohu alayhi vasallamdan Sa’id ibn Zayd roziyallohu anxu rivoyat qilib: “Molini, jonini, dinini va ahlini himoya qilish yo‘lida halok bo‘lgan kishi shahid maqomidadir”, – deganlar (Abu Dovud rivoyati).

Hadisda sanab o‘tilgan mol, jon, din va oila kishi hayotining mazmuni, uning Vatanini ifoda etadi. Buyuk bobokalonimiz sohibqiron Amir Temur o‘z tuzuklarida shunday deydi: “Davlat- lashkarlaru fuqarolarning sadoqati va fidoiyligi ila qudratlidur”.

Binobarin, yurtimizda yashab, faoliyat ko‘rsatayotgan har bir ongli inson O‘zbekiston Respublikasining asosiy qonuni – Konstitutsiyamizning barcha moddalarini mukammal bilishi va hayotga to‘g‘ri tatbiq qilmog‘i, shuningdek, o‘ziga yuklatilgan burchlarini sezib, to‘laqonli ravishda bajarishi lozim bo‘ladi. Ushbu ishlarni amalga oshirgan kishilar ham davrimiz, ham bebaho milliy qadriyatlarimiz me’yorlariga amal qilgan bo‘ladi, deb so‘zini yakunladi.

Davra suhbati savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi. Tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi. Muhimi bu davra suhbati ishtirokchilarda katta taassurotlar qoldirdi.

Davra suhbati yakunida mintaqaviy filial direktori Xaydarov Odil Ergashovich tashrif buyurgan ma’ruzachiga o‘z minnatdorchiligini bildirdi va bunday tadbirlarning o‘tkazilishi Imom-xatiblar va noib imomlarning keyingi ish faoliyatlarida muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

Izoh qoldirish