30.11.2024

Internet orqali tarqalayotgan ijtimoiy muаmmоlаr va ulаrni bartaraf etish yoʻllari

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi Samarqand viloyati mintaqaviy filiali, Oʻzbekiston Respublikasi Vаzirlаr Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti hamkorligida 2024-yil 28-noyabr kuni “Jaholatga qarshi - ma’rifat” shiori ostida “Internet orqali tarqalayotgan ijtimoiy muаmmоlаr va ulаrni bartaraf etish yoʻllari” va “Radikalizm - jamiyat barqarorligiga tahdid” mavzularida o‘tkazilgan davra suhbati haqida 

MA’LUMOTNOMA

Hozirgi davrda globallashuvning shiddatli tus olishi dunyo miqyosida g‘oyaviy-mafkuraviy tahdidlarning tobora avjiga chiqishiga zamin yaratmoqda. Mana shunday bir sharoitda tinchlik, barqarorlikni saqlashda ma’naviyat va ma’rifatga e’tibor qaratish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu haqda davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev qayd etganidek: “Biz ma’naviyat va ma’rifat ishini vatanparvarlik ishi, vijdon ishi, deb bilamiz. Vijdoni, ma’naviyati bor inson Vatanni, albatta, yaxshi ko‘radi. Vijdon, ma’naviyat degani – xalqqa, Vatanga chin yurakdan xizmat qilish deganidir. Mana shunday qarash butun xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz tomonidan keng va qizg‘in qo‘llab-quvvatlanayotgani ma’naviy tarbiyaning naqadar dolzarb ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatadi”. Zero, inson uchun eng aziz va muqaddas bo‘lgan Vatanni himoya etish, uni sevish va e’zozlash har bir insondan buyuk ma’naviy jasoratni talab etadi. 

Xuddi shu maqsadda Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutida 2024-yil 28-noyabr kuni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi Samarqand viloyati mintaqaviy filiali va Oʻzbekiston Respublikasi Vаzirlаr Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi hamkorligida “Jaholatga qarshi - ma’rifat” shiori ostida “Internet orqali tarqalayotgan ijtimoiy muаmmоlаr va ulаrni bartaraf etish yoʻllari” va “Radikalizm - jamiyat barqarorligiga tahdid” mavzularida davra suhbati tashkil qilindi. 

Unda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi Samarqand viloyati mintaqaviy filiali professor-o‘qituvchilari X.Djurakulov, J.Jumayev va Imоm Buxoriy хаlqаrо ilmiy-tadqiqot markazi katta ilmiy xodimi A.Mamadaliyevlar o‘zlarining islom dinida ilm o‘rganishning ahamiyati,  tinchlikning qadri, shukronalik, ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, turli ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish, yoshlarimizni milliy qadriyatlarimiz asosida vatanparvarlik, fidoyilik va yaratuvchanlik ruhida tarbiyalash hamda aholini, ayniqsa, yoshlarni diniy mutaassiblik, radikalizm va turli yot g‘oyalar tahdidlaridan himoyalanish usul-vositalari yuzasidan  ma’ruzalar qildilar.

Tadbir mobaynida talabalar tomonidan berilgan savollarga ma’ruzachilar tomonidan batafsil javoblar berildi.

Izoh qoldirish