Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida tashkil etilgan davra suhbati
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi Samarqand viloyati mintaqaviy filiali 3-davra tinglovchilari bilan 2024 yil 21- noyabr kuni tushdan keyingi tadbirlar rejasiga asosan Vazirlar Maxkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida tashkil etilgan davra suhbati haqida
MA’LUMOT
Tinglovchilarni Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining Qo‘lyozmalar va muzey bo‘limi boshlig’i Yo’ldoshxon Isayev kutib olib, ushbu markazning faoliyati bilan tanishtirib o‘tdi.
Tadbir davomida tinglovchilar markazda tashkil etilgan muzey bilan tanishdilar. Darhaqiqat, muzeyga kirgan kishi asl ilm manbaidan kuch olishi tabiiy, o‘zingizni ruhan poklangandek sezasiz. Muzey markaziga “Sahihi Buxoriy” kitobining qadimiy qo‘lyozma nusxasi va buyuk muhaddisning ayni paytda dunyoning turli mamlakatlarida saqlanayotgan noyob asarlarining nusxalari qo‘yilganligi odamni beixtiyor o‘ziga jalb qiladi.
Markazda allomalarning bebaho merosini o‘rganishda o‘ziga xos maktab yaratgan buyuk muhaddislar Imom Buxoriy, Imom Termiziy, ulug‘ faqihlar Burhoniddin Marg‘inoniy, Abullays Samarqandiy, kalom ilmining buyuk mutafakkirlari Abu Mansur Moturidiy, Abul Muin Nasafiy kabi ajdodlar boy merosini alohida-alohida o‘rganish va ilmning shu sohalari bo‘yicha mukammal bilimga ega bo‘lgan yetuk mutaxassislar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish uchun barcha kerakli sharoitlar yaratilganligi va bugungi kunda bu borada xorijdagi nufuzli xalqaro ilmiy markazlari, ta’lim muassasalari bilan doimiy ravishda hamkorlikda ish olib borilmoqda, deydi Y.Isayev.
Tadbir davomida tinglovchilar kutubxonada mavjud qoʻlyozmalar, elektron kataloglari va turli tillarda nashr etilgan kitoblar fondi bilan ham tanishdilar.
Tadbir davomida tinglovchilar Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining tashkil etilgan muzeyda esdalik uchun rasmga tushdilar
Reja boʻyicha Samarqand viloyati mintaqaviy filialida malaka oshirayotgan tinglovchilarni darsdan keyingi boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish ishlari davom etmoqda.
Izoh qoldirish