20.11.2024

Ilm fazilati va ilmli kishining jamiyatdagi o‘rni

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi Samarqand viloyati mintaqaviy filiali tinglovchilari hamda professor-o‘qituvchilari ishtirokida 2024-yil 19-noyabr  kuni Hadis ilmi maktabi ustozi shayx Maxmud Hasan hazratlari bilan “Ilm fazilati va ilmli kishining jamiyatdagi o‘rni” mavzusida bo‘lib o‘tgan davra suhbati  to‘g‘risida MA’LUMOT. 

 

Malaka oshirish o‘quv jarayonini takomillashtirish bo‘yicha tayyorlangan takliflar va ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasi asosida tinglovchilar bilan ko‘chma mashgʼulotlar, yetuk diniy-maʼrifiy soha xodimlari ishtirokida davra suhbatlari, Imom Buxoriy xalkaro ilmiy-tadqiqot markazi va Xadis ilmi maktabining axborot reurs markazidan foydalanishlar yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bu borada Hadis ilmi oliy maktabi bilan hamkorlikda muntazam ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar olib borilmoqda.

Xususan, 2024-yil 19-noyabr kuni Hadis ilmi maktabida “Ilm fazilati va ilmli kishining jamiyatdagi o‘rni” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda Hadis ilmi maktabining o‘qituvchilari – shayx Maxmud Hasan hazratlari va Mahmudjon domla Аbdurahmonovlar O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi Samarqand viloyati mintaqaviy filiali tinglovchilari – imom-xatiblar, noib imomlar va professor-o‘qituvchilari bilan qiziqarli davra suhbati olib bordilar. 

O‘tkazilgan davra suhbatida tinglovchilar davra suhbatini katta qiziqish bilan tingladilar va  o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berib, ularga batafsil javoblar oldilar.

 

Davra suhbati so‘ngida tinglovchilar  Shayx Maxmud Hasan hazratlari bilan esdalik uchun sur’atga tushdilar.

Izoh qoldirish