20.11.2024

Bayrog‘imiz - faxrimiz, g‘ururimiz

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi Samarqand viloyati mintaqaviy filialida 18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilinganligining  33 yilligiga bag‘ishlangan  “Bayrog‘imiz -  faxrimiz, g‘ururimiz” mavzusida o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir haqida

MA’LUMOTNOMA

         Bugungi kunda mamlakatimizning deyarli barcha hududlarida O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilinganligining  33 yilligiga bag‘ishlangan keng qamrovli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda. 

         Huddi shunday tadbirlardan biri 2024-yil 18-noyabr  kuni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazining Samarqand viloyati mintaqaviy filiali professor-o‘qituvchilari, xodimlari va tinglovchilari ishtirokida “Bayrog‘imiz -  faxrimiz, g‘ururimiz” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

         Tadbirni mintaqaviy filial direktori J.Ochilov kirish so‘zi bilan ochib, kun tartibidagi mavzu yuzasidan to‘xtalib o‘tdi va o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.  Xususan, davlat bayrogʻi Oʻzbekiston Respublikasining 1991-yil 18-noyabrdagi 407-XII-sonli «Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi toʻgʻrisida»gi Qonuni bilan tasdiqlanganligi va u Oʻzbekiston Respublikasi davlat suverenitetining ramzi ekanligi, xalqaro munosabatlarda Oʻzbekiston Respublikasining timsoli boʻlib kelayotganligi to‘g‘risida batafsil to‘xtalib o‘tdi. 

     

         Dastur bo‘yicha tadbir davom etdi va tadbir davomida filialning “Ijtimoiy va mutaxassislik” fanlari kafedrasi mudiri X.Djurakulov va tinglovchilardan N.Nabiyevlar O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘ining o‘ziga xos tarixiy ahamiyati bo‘yicha o‘z fikr-mulohozalarini bildirib o‘tdilar.      

                  

         Tadbirda ishtirok etgan har bir kishi qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.              

Izoh qoldirish