“Dinlararo muloqot va bag‘rikenglik – jamiyat barqarorligi omili” mavzusida o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir haqida
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi Samarqand viloyati mintaqaviy filialida 16-noyabr – Xalqaro bagʻrikenglik kuni munosabati bilan “Dinlararo muloqot va bag‘rikenglik – jamiyat barqarorligi omili” mavzusida o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir haqida
MA’LUMOTNOMA
Mamlakatimizning deyarli barcha hududlarida bugungi kunda 16-noyabr – Xalqaro bagʻrikenglik kuni munosabati bilan keng qamrovli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Huddi shunday tadbirlardan biri 2024-yil 16-noyabr kuni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazining Samarqand viloyati mintaqaviy filiali professor-o‘qituvchilari, xodimlari va tinglovchilari ishtirokida “Dinlararo muloqot va bag‘rikenglik – jamiyat barqarorligi omili” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirni mintaqaviy filial kafedra mudiri X.Djurakulov kirish so‘zi bilan ochib, kun tartibidagi mavzu yuzasidan to‘xtalib o‘tdi. Xususan, 1995-yil 16-noyabrda Parijda YuNESKO Bosh konferensiyasining 28-sessiyasida dunyoda tinchlik, dinlar va konfessiyalararo muloqotni oʻrnatish, millatlar va ellatlar oʻrtasida hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan “Bagʻrikenglik tamoyillari deklarasiyasi”ning qabul qilinishi va ushbu sanadan boshlab ushbu kun butun dunyoda “Xalqaro bagʻrikenglik kuni” sifatida keng nishonlanayotganligi to‘g‘risida batafsil to‘xtalib o‘tdi.
Dastur bo‘yicha tadbir davom etdi va tadbir davomida filialning “Ijtimoiy va mutaxassislik” fanlari kafedrasi o‘qituvchilari A.Yuldoshev va A.Axmedovlar diniy bag‘rikenglik bilan bog‘liq tushunchalarning mazmun-mohiyatiga o‘z fikr-mulohozalarini bildirib o‘tdilar.
Shuningdek, ma’naviy-ma’rifiy tadbir davomida “Dinlararo muloqot va bag‘rikenglik – jamiyat barqarorligi omili” mavzusi doirasida tinglovchilar tomonidan qiziqarli fikr-mulohazalar bildirib o‘tildi.
Tadbirda ishtirok etgan har bir kishi qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Izoh qoldirish