04.11.2024

Al Hakim at-Termiziy

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi Surxondaryo viloyati mintaqaviy filiali Qashqadaryo va Surxondaryolik  imom-xatib va noiblardan iborat bo‘lgan 2-davra 1-2 guruh tinglovchilari 2024 yil  30-sentyabr kuni tushdan keyingi tadbirda Surxondaryo viloyati Termiz tumanida joylashgan “Al Hakim at-Termiziy maqbara meʼmoriy yodgorligiga 
joylarda amaliy mashg’ulot uyushtirildi.

Abu Abdulloh Muhammad ibn Ali at-Termiziy - Termiz shahri IX asrda Movarounnahrning eng yirik va obod shaharlaridan biri sifatida mashhur bo‘lgan. Shaharda ilm-fan va madaniyat yuksak darajada taraqqiy etgan. Islomiy ilmlar bo‘yicha Termiz shahridan yetishib chiqqan ko‘plab allomalar at-Termiziy nisbasi bilan butun dunyoda mashhur bo‘lgan.

Musulmonlar uchun muqaddas bo‘lgan Al Hakim at-Termiziy maqbarasi meʼmoriy yodgorlik bo‘lib, qadimgi Termiz shahrining chekkasida joylashgan. Maqbarada buyuk islom arbobi, turli falsafiy va diniy asarlar muallifi, darveshlar jamoasining yaratuvchisi Abu Abdulloh ibn Hasan ibn Bashir al-Hakimiy at-Termiziy maqbarada dafn etilgan. U xalq orasida Termiz-ota deb ham nomlanadi. Afsonaga ko‘ra, o‘n yoshida unga vahiy kelib, bir qariya unga bilim bergan. Vaqt o‘tishi bilan u shuhrat qozondi, lekin ota-onasining uyida kamtarona yashashni davom ettirdi. Hakim at-Termiziy shahid sifatida vafot etdi – qarilik chog‘ida shaharga bostirib kirgan dushmanlar uni boshidan judo qildilar (IX asr oxiri).

Afsonaga ko‘ra, Chingizxon ushbu noyob durdonadan hayratda qolgan, o‘z qo‘shiniga yodgorlikka zarar bermaslikni buyurgan, chunki u bu binoni odamlar emas, balki xudolar yaratgan deb ishongan.

Maqbara ustida gumbaz ko‘tarilgan, bino ichida esa juda hashamatli bezaklar bor. Marmardan yasalgan va noyob naqshlar va arab yozuvlari bilan bezatilgan avliyoning qabr toshli diqqatni o‘ziga tortadi. Ansamblning yonida sal keyinroq qurilgan jome masjidi joylashgan.

at-Termiziy majmuasi hududida yana bir nechta qiziqarli diqqatga sazovor joylar mavjud: Chillaxonalar – milodiy V-X asrlarga oid qadimiy g‘or inshootlari, qadimgi Tarmita shaharchasining xarobalari (Eski Termiz), Termiz shahri va Termiz shahar muzeyi.

 Bu ulug‘ zotning  tarjimayi holiga oid ma’lumotlar o‘rta asr arab mualliflaridan Tojuddin as-Subkiy, al-Xatib al-Bag‘dodiy, Ibn Hajar al-Asqaloniy, as-Sullamiy va boshqalar asarlarida, shuningdek, uning qalamiga mansub “Bad’u sha’ni Abu Abdulloh” (“Abu Abdulloh ishining boshlanishi”) nomli avt  obiografik risolasida keltirilgan. 

Izoh qoldirish