Surxondaryo viloyati Termiz tumanida joylashgan “Qirqqiz” qal’asiga - qadimiy yodgorligiga sayohat uyushtirildi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi Surxondaryo viloyati mintaqaviy filiali Qashqadaryo va Surxondaryolik imom-xatib va noiblardan iborat bo‘lgan 2-davra 1-2 guruh tinglovchilari 2024 yil 28-oktabr kuni tushdan keyingi tadbirda Surxondaryo viloyati Termiz tumanida joylashgan “Qirqqiz” qal’asiga - qadimiy yodgorligiga sayohat uyushtirildi.
Qirqqiz qalʼasi — Surxondaryo viloyatidagi meʼmoriy yodgorlik (9—10-asrlar); Termiz tumanida (vayrona holida saqlangan). Nima maqsadda qurilganligi (qalʼa, saroy, xonaqoh, karvonsaroy) haqida maʼlumot yoʻq. Oʻrta asrlarda Termiz shahrining tashqarisida joylashganligi qalʼa shahar tashqarisidagi qoʻrgʻon vazifasini oʻtaganligini koʻrsatadi.
Oʻrta asrlardaTermiz shahrining tashqarisida joylashganligi qalʼa shahar tashqarisidagi qoʻrgʻon vazifasini oʻtaganligini koʻrsatadi. U dunyo tomonlariga moslab qatʼiy mujassamotda bunyod etilgan. Qala toʻrtburchaktarhli (53,3×54,8 m), 1 qavatli, faqat yoʻlaklar umumiy balandlikda 2 qavatli boʻlib, xom gʻisht (30×30×5 — 5,5 sm)lardan qurilgan, toq va ravoqlarida shu oʻlchamdagi pishiq gʻishtlar ham ishlatilgan; qalin devor bilan oʻralgan (tashqi devor qalinligi 2—2,5 m), burchaklari hajmdor burjlar bilan mustahkamlangan; burjlar oraligʻida toklar bilan yopilgan ayvonlar joylashgan, tarzlariga bir maromda takrorlanuvchi tuynuklar ishlangan. Qalʼaning barcha xonalari va markazdagi sahn (11,5×11,5 m) oʻzaro yoʻlaklar bilan bogʻlangan; markaziy sahn hovli yoki gumbazli zal boʻlgan deb taxmin qilinadi. Ayvon va yoʻlaklar binoni 4 qismga boʻlgan. Bular: 2 ta bir xil tuzilgan (5 xona va 3 tomonidan oʻralgan yoʻlak, eni 2,1 m) shim.-gʻarbiy va shim.-sharqiy hamla 2 ta jan.-gʻarbiy (2 ga yoʻlakcha bilan bogʻlangan 5 ta xona) va jan.-sharqiy (yoʻlakcha bilan bogʻlangan 2 ta xona va 3 ustunli katta mehmonxona) qismlardir. Yoʻlaklar va xonalar devordagi tuynuklar orqali yoritilgan. Qirqqiz qalʼasi yopmasida balxi hamda kesishgan gumbazsimon toqlar, boshqa turlardagi gumbazlar, toqlar va ravoqlar qoʻllanilgan..
Yana bir rivoyatga ko‘ra, o‘z atrofiga 40 ta o‘qimishli qizlarni to‘plagan malika Gavhar bostirib kelgan yov bilan ayovsiz kurashadi. Uning 40 ta qizi halok bo‘ladi. Qonga belangan malika qal’adan chiqib, dushman shohi bilan yakka kurashmoqchi ekanligini aytadi va boshidan dubulg‘asini oladi. Qirq kokili beli uzra yozilgan sohibjamolni ko‘rgan shoh “qani endi mening askarlarim ham shu qizlardek bo‘lsa edi” deya, otdan tushib, malikani qo‘lini o‘padi va “Men Termez gavharini ko‘rdim, menga shu yetarli” deya, o‘z qo‘shinini ortga qaytaradi. Zo‘rg‘a turgan malika esa yerga yiqilib, jon beradi.
Izoh qoldirish