04.11.2024

Kokildor оtа xonaqohi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi Surxondaryo viloyati mintaqaviy filiali Qashqadaryo va Surxondaryolik
 imom-xatib va noiblardan iborat bo‘lgan 2-davra 1-2 guruh tinglovchilari 2024 yil
28-oktabr kuni tushdan keyingi tadbirda Surxondaryo viloyati Termiz tumanida joylashgan “Kokildor оtа xonaqohi meʼmoriy yodgorlikga sayohat uyushtirildi.

Kokildor xonaqohi - Termiz (Namuna qishlogʻi)dagi meʼmoriy yodgorlik. Kokildor-ota xonaqohi o‘zining arxitekturasi va ajoyib qurilishi bilan farq qiladi. Ushbu gumbazli va ko‘p xonali yodgorlikning old qismi g‘ishtdan ishlangan. 

Uning qurilishida Sulton Saodat kompleksiga o‘xshab uch pog‘onalik old qismi g‘oyasi qo‘llanilgan. Bino rejasi simmetrik ravishda bo‘lgan. Markaziy o‘qida asosiy kirish va gumbazli katta zaldan iborat ayvon joylashgan. Uning atroflarida, deyarli parallel ravishda oynali ko‘rinishda xonalar joylashgan.To‘g‘ri to‘rtburchak shakldagi kirish markaziy zalga, yon kirish qismlari unga tutash xona va koridorlarga olib borgan. Bino devorlari ganj bilan ishlov berilgan. Binoning ichki xonalarida qabr toshlari bo‘lib, ularning orasida eng kattasi Kokildor otaga tegishli. Xalq orasida Aloulmulk Xudovandzoda (Termiz hukmdori) koʻshki, "Azizon", "Azlar eshon", "Kokildor" (kokil qirqish udumi) deb nomlangan (13—16-asrlar). Kokildor xonaqohi toʻgʻri toʻrtburchak tarxli (27,5x17 m), 5 xonadan iborat. Baland va chuqur ravoqli peshtoq orqali markaziy xona (7,5x7,5 m) ga kiriladi. Markaziy xonaning gumbazi 8 qirrali poygumbaz ustiga oʻrnatilgan, 2 yon tomonidagi xonalar oʻzaro oʻxshash, teng hajmda, dalon orqali bogʻlangan orqa va yon eshiklari boʻlgan. Markaziy xona sahnida bir necha qabr saqlanib qolgan. Ichkaridagi ravoq va namoyonlarga ganchqori usulida pardoz berilgan. Gumbaz osti bagʻallari muqarnaslar bilan bezatilgan. Termiz shahrining 2500-yilligi munosabati bilan atrofi obodonlashtirilib, taʼmir ishlari amalga oshirildi.

Izoh qoldirish