29.10.2024

Voleybol turi bo‘yicha sport tadbiri tashkil etildi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi Surxondaryo viloyati mintaqaviy filiali Qashqadaryo va Surxondaryolik imom-xatib va noiblardan iborat bo‘lgan tinglovchilarga Termiz Davlat Universiteti sport majmuasida tinglovchi imom domlalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida sportning voleybol turi bo‘yicha sport tadbiri tashkil etildi.

Voleybol (inglizcha: volleyball volley –“urib qaytarmoq” va ball – “toʻp”) toʻpli sport oʻyini boʻlib, har biri 6 kishidan iborat ikki jamoa bilan oʻrtasidan toʻr tortilgan maydonchada oʻynaladi. Oʻrtasidan toʻr bilan (erkaklar musobaqasi uchun 2,43 m va ayollar musobaqasi uchun 2.24 m balandlikda) boʻlingan 9x18 m li maydonchada oʻynaladi. Voleybol toʻrining katakchalari soni 1 000 ta (enida 100 ta va boʻyida 10 ta) boʻlib, bitta katagining toʻrt tomoni 10 sm dan boʻladi. Bir jamoa 6 kishidan iborat boʻlib, 2 jamoa oʻynaydi. Oʻyinchilar toʻpni qoʻl bilan urib, raqib maydoniga tushirishga harakat qiladilar. Koptokni uch urishda raqiblar tomoniga oʻtkazish lozim. Musobaqa 3 yoki 5 partiya oʻynaladi. Voleybol AQShda paydo boʻlgan (1895). Xalqaro federatsiya (FIVB; 1947-yil asos solingan) ga 180 dan ortiq mamlakat aʼzo. 1964-yildan Olimpiya oʻyinlari dasturlariga kiritilgan, 1949-yildan jahon birinchiliklari oʻtkaziladi.
Voleybol Oʻzbekistonda 1920-yildan oʻynaladi. Oʻzbekiston Respublikasi 1991-yil Xalqaro voleybol federatsiyasiga, 1992-yil Osiyo voleybol konfederatsiyasiga aʼzo boʻlib kirdi. Oʻzbekistonda bu sport turi bilan 700 mingdan ortiq kishi muntazam shugʻullanadi. U maktablarda ommaviy tus olgan, jismoniy tarbiya boʻyicha dasturning ajralmas qismi hisoblanadi. 
Voleybolchining doimiy tez o`zgarib turadigan vaziyatlarda to`g`ri mo`ljal olish, turli xildagi ko`p sonli texnik usullar orasidan ma‘qulini tanlay olish, bir harakatdan boshqasiga tez o`tish qobiliyati asab jarayonlarini yuqori harakatchanligiga olib keladi. Voleybolda katta hajmdagi mashg`ulot va musobaqa yuklamalari chidamlilikni yuqori rivojlanishini ta‘minlaydi. Voleybol bilan shug`ullanish shug‘ullanuvchilarda qo`rqmaslik, barqarorlik, qat‘iylik, dadillik va fidokorlik, tashabbuskorlik va intizomlilik kabi ahamiyatli sifatlarni rivojlantirishga olib keladi. Voleybolning odamga estetik ta‘sir qilishi juda yuqori. U hech qanday chegaralanmaydi, voleybol bilan shug`ullanish jarayonida sportchi gavdaning garmonik rivojlanishiga, chiroylilikka va harakatlarni ko`rkamliligiga erishadi. Taktik kombinatsiyalarni bajarishda harakatlarni o`zaro uyg`unligi, sport kurashining o`zi va g`alaba nashidasi chuqur zavq beradi. Shuning uchun barcha yoshdagi va kasbdagi odamlarda voleybolga bo`lgan qiziqish yuqori va doimiy voleybolchilar armiyasi o`sib boradi. Voleybolning O`zbekistonda ommaviyligi o`z navbatida, sport mahoratini o`sishida hamda katta va oliy razryadli voleybolchilarning yutuqlari uchun asos hisoblanadi.
Termiz Davlat Universitetidagi sport majmuasida tinglovchi imom domlalarning bo`sh vaqtlarini mazmunli o`tkazish maqsadida sportning voleybol turi bo`yicha sport tadbiri tashkil etildi. Murasisiz o`tkazilgan bellashuvda imom domlalar o`zaro bellashishdi. Musobaqa yakunida o`zaro hurmat namoyish etgan holda raqib jamoalar bir-birlariga minnatdorchilik bildirishdi.
 

                                                                                                     

  
 
  
 

Izoh qoldirish