26.10.2024

Surxondaryo

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi Surxondaryo viloyati mintaqaviy filiali Qashqadaryo va Surxondaryolik imom-xatib va noiblardan iborat bo‘lgan 2-davra 1-2-guruh tinglovchilari 2024 yil 25-oktabr kuni tushdan keyingi tadbirda Surxondaryo viloyati Jarqoʻrgʻon tumani Minor qishlogʻida joylashgan Jarqoʻrgʻon minorasi - meʼmoriy yodgorligiga (1108—09) sayohat uyushtirildi.

 

Bu minorada aylanma zina boʻlib, muazzin turishiga moʻljallangan maydoncha — qafasga olib chiqqan. Bu maydoncha dastavval tahminan 16-18 metr balandlikda boʻlgan. Tanasining rish-tin yuzasi burtma epigrafik bezakdan iborat boʻlgan toʻrtta belbor bilan bezatilgan. Belboglar gʻisht juft-juft terilgan minoranishg yuzasida ajra-lib kurinib turadi. Bu monumental hattotlik-ning ilk variantlari boʻlib, taroshlangan gʻishtlardan terilgan kufiy lavhalar sodda va birmuncha handasaviy hususiyatga ega edi.

Bir necha o‘n yillar davomida mashhur Jarqo‘rg‘on minorasi arxeologlar, tarixchilar va go‘zal arxitekturani sevuvchilarni hayratda qoldirib kelmoqda. Gap shundaki, minora noodatiy dekorativ bezak bilan bezatilgan bo‘lib, u Markaziy Osiyoda ilgari ishlatilmagan, bu bezak ko‘proq Hindistonda ishlatilgan.

Minora Surxondaryo viloyatining Jarqurg’on tumani Minor qishlog‘ida joylashgan. U 1109 yilda Sulton Sanjarning buyrug‘iga binoan qurilgan. Hozirda uning balandligi yigirma metrdan oshadi, ammo qurilish vaqtida u qirq uch metrga yetgan.

 Quyida bir-biridan bir muncha koʻchib, yuqoriga koʻtarilgan sayin bir-biriga yaqinlashib boradi. 20 metr balandlikda ular gorizontal epigrafik belbogʻ bilan tutashgan. Bu erda kur`oniy lavh tugamagan, bipobarin, minora tanasining saqlanib qolmagan qismida epigrafik naqshli yana bir belbor boʻlgan. Minoraning 21,6 metrli qismi saqlanib qolgan. Quyi diametri 5,4 metr, yukorisi — 4,1 metr. Minora gʻishti royat puhtalik bilan naqshinkor terilgani va umu-man uning nafis badiiy qiyofasi kishini hayratga soladi. Jarqoʻrgʻon minorasi memoriy-badiiy yechimiga kura Shimoliy Hindiston va Huroson mino-ralariga yaqin turadi.

Minorada uning yaratuvchisi, Seraxs shahridan usta Ali ibn Muhammadning ismini va undan yuqoriroq qismida esa, oxiriga yetkazilmagan Qurʼonning muqaddas suralarini ko‘rish mumkin. Minoraning siljigan o‘qi tufayli u tugallanmagan yoki qisman vayron bo‘lgan deb taxmin qilinadi. 1879 yilda minora yaqinida qadimiy masjidning xarobalari topilgan, bu minora qurilishi alohida amalga oshirilganidan dalolat beradi. Minoraga nima bo‘lganligi va nima uchun masjid vayron qilinganligi to‘g‘risida tarixchilar bir fikrga kela olishmadi. Ehtimol, yangi bino qurish uchun binolar qasddan buzilgandir.

Minoraga qarab, uning bezaklaridan ko‘zingizni uzolmaysiz. G‘ishtlarning mahorat bilan archa naqshida terilganligi to‘qilganlik effektini yaratadi. Minoraning ostida turganingizda, g‘ishtlarning terilgani g‘isht emas, balki mato kabi ko‘rinadi. Minora bir-biriga ulashgan o‘n olti yarim ustundan iborat. Ichkarida aylanali zinapoyalar mavjud bo‘lib, ular bo‘ylab eng yuqoriga ko‘tarilish mumkin. Hozirda Jarqo‘rg‘on minorasi ehtiyotkorlik bilan qo‘riqlanadi va muhim tarixiy va madaniy obyekt hisoblanadi.        

 

Izoh qoldirish