Sa
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi Samarqand viloyati mintaqaviy filiali tinglovchilari hamda professor-o‘qituvchilari ishtirokida 2024-yil 24-oktyabr kuni Hadis ilmi maktabida “Ahli sunna mazhablari o‘rtasida hadislardan dalil olishdagi o‘ziga xos yondashuvlar” mavzusida bo‘lib o‘tgan davra suhbati to‘g‘risida
MA’LUMOT.
Malaka oshirish o‘quv jarayonini takomillashtirish bo‘yicha tayyorlangan takliflar va ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasi asosida tinglovchilar bilan ko‘chma mashgʼulotlar, yetuk diniy-maʼrifiy soha xodimlari ishtirokida davra suhbatlari, Imom Buxoriy xalkaro ilmiy-tadqiqot markazi va Xadis ilmi maktabining axborot reurs markazidan foydalanishlar yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bu borada Hadis ilmi oliy maktabi bilan hamkorlikda muntazam ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar olib borilmoqda.
Xususan, 2024-yil 24-oktyabr kuni Hadis ilmi maktabida “Ahli sunna mazhablari o‘rtasida hadislardan dalil olishdagi o‘ziga xos yondashuvlar” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda Hadis ilmi maktabining katta o‘qituvchilari – shayx Maxmud Hasan hazratlari va Abdug‘ulom Meliboyevlar O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi Samarqand viloyati mintaqaviy filiali tinglovchilari – imom-xatiblar, noib imomlar va professor-o‘qituvchilari bilan qiziqarli davra suhbati olib bordilar.
O‘tkazilgan davra suhbatida tinglovchilar davra suhbatini katta qiziqish bilan tingladilar va o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berib, ularga batafsil javoblar oldilar.
Davra suhbati so‘ngida tinglovchilar Shayx Maxmud Hasan hazratlari bilan esdalik uchun sur’atga tushdilar.
Shu bilan birga, tinglovchilar Imom al-Buxoriy majmuasida olib borilayotgan qurilish va undagi obodonlashtirish ishlari bilan tanishdilar.
Reja bo‘yicha Samarqand viloyati mintaqaviy filialida malaka oshirayotgan tinglovchilarni darsdan keyingi bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish ishlari davom etmoqda.
Izoh qoldirish