22.10.2024

Jaholatga qarshi – ma’rifat

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi 

Malaka oshirish markazi Samarqand viloyati mintaqaviy filiali 2-davra tinglovchilari bilan 2024-yil 22-oktyabr kuni tushdan keyingi tadbirlar rejasiga asosan Vazirlar Maxkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida“Jaholatga qarshi – ma’rifat” mavzusida davra suhbati tashkil etildi

Tinglovchilarni Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi qoʻlyozmalar bilan ishlash boʻlimi xodimi Yo‘ldoshxon Isaev kutib olib, ushbu markaz faoliyati va mavjud shart-sharoitlar bilan tanishtirib o‘tdi. Xususan, hadis ilmining rivojiga beqiyos hissa qoʻshgan vatandoshimiz Imom Buxoriy va boshqa mutafakkirlarning ulkan ilmiy va diniy merosini oʻrganish, ular yaratgan asarlarning ilmiy-izohli tarjima va qiyosiy matnlarini nashr etish orqali xalqimiz va jahon jamoatchiligi oʻrtasida keng targʻib qilish, ushbu mavzularga doir ilmiy tadqiqotlarni tizimli tashkil etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish markazning asosiy vazifalaridan biri ekanligini ta’kidlaydi. 

Bu yerda joylashgan muzey tinglovchilarda katta taassurot qoldirdi. Darhaqiqat, muzeyga kirgan kishi asl ilm manbaidan kuch olishi tabiiy, o‘zingizni ruhan poklangandek sezasiz. Muzey markaziga “Sahihi Buxoriy” kitobining qadimiy qo‘lyozma nusxasi va buyuk muhaddisning ayni paytda dunyoning turli mamlakatlarida saqlanayotgan noyob asarlarining nusxalari qo‘yilganligi odamni beixtiyor o‘ziga jalb qiladi. Markazda allomalarning bebaho merosini o‘rganishda o‘ziga xos maktab yaratgan buyuk muhaddislar Imom Buxoriy, Imom Termiziy, ulug‘ faqihlar Burhoniddin Marg‘inoniy, Abullays Samarqandiy, kalom ilmining buyuk mutafakkirlari Abu Mansur Moturidiy, Abul Muin Nasafiy kabi ajdodlar boy merosini alohida-alohida o‘rganish va ilmning shu sohalari bo‘yicha mukammal bilimga ega bo‘lgan yetuk mutaxassislar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish uchun barcha kerakli sharoitlar yaratilganligi va bugungi kunda bu borada xorijdagi nufuzli xalqaro ilmiy markazlar, ta’lim muassasalari bilan doimiy ravishda hamkorlikda ish olib borilayotganligi taqsinga loyiqdir.

Tadbir davomida tinglovchilar kutubxonada mavjud qoʻlyozmalar, elektron kataloglari va turli tillarda nashr etilgan kitoblar fondi bilanham tanishdilar.

 

Reja bo‘yicha Samarqand viloyati mintaqaviy filialida malaka oshirayotgan tinglovchilarni darsdan keyingi bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish ishlari davom etmoqda. 

Izoh qoldirish