Ichki ishlar xodimlari uchun malaka oshirish o‘quvlari yakunlandi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida 2024-yilning 3-12-oktabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish muassasalari xodimlari uchun “Yot g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni mustahkamlashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari” yo‘nalishida tashkil etilgan 72 soatlik malaka oshirish o‘quvlari yakunlandi. Unda jami 20 nafar tinglovchilar ishtirok etdi.
2024 yil 12-oktabr kuni malaka oshirish o‘quvlari bitiruv tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda Malaka oshirish markazi direktori, s.f.d., professor X.Axmedov so‘zga chiqib, mazkur o‘quvlardan ko‘zlangan asosiy maqsad haqida to‘xtalib o‘tdi. Jumladan, bugungi globallashuv jarayonida dunyo bo‘ylab yuz berayotgan ziddiyat va ularning sabablari, geosiyosiy jarayonlarda din omili, yoshlar va ayollar orasida kuzatilayotgan radikallashuv g‘oyalarining tarqalishi va ularni oldini olishda e’tibor qaratish lozim bo‘lgan jihatlar hamda yot g‘oyalar ta’siriga tushgan shaxslarni sog‘lom hayot va ijtimoiy muhitga qaytarish usullariga doir tavsiyalar berildi.
Shuningdek, tashkil etilgan malaka oshirish o‘quvlari yuzasidan tinglovchilarning fikr-mulohazalari va takliflari eshitilib, kelgusidagi kurslarni tashkil etishda inobatga olish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Tadbir so‘nggida tinglovchilarga malaka oshirish kursida ishtirok etganliklari haqidagi sertifikatlar, tarqatma materiallar hamda estalik sovg‘alari taqdim etildi.
Izoh qoldirish