Ichki ishlar xodimlari uchun navbatdagi malaka oshirish o‘quvlari bo‘lib o‘tmoqda
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida 2024-yil 3-oktabr kunidan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish departamenti xodimlari uchun “Yot g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni mustahkamlashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari” yo‘nalishida 72 soatlik navbatdagi malaka oshirish o‘quvlari boshlandi. Unda jami 20 nafar tinglovchilar ishtirok etmoqda.
Dars mashg’ulotlari tasdiqlangan o‘quv reja asosida tashkil etilib, tegishli modullar bo‘yicha sohaning yetuk va malaka mutaxassislarni jalb etgan holda olib borilmoqda. Jumladan, 2024-yil 9-oktabr kuni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi prorektori, t.f.d., professor Z.Islomov “Islom dini manbalarida insonparvarlik va vatanparvarlik g‘oyalarning ulug‘lanishi”, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi bo‘lim boshlig‘i, PhD, dotsent A.Alloqulov “Aqidaviy masalalardagi ixtiloflar va ularning yechimlari”, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi mas’ul xodimi F.Elmirzayev “Xalqaro terrorchi tashkilotlariga xos belgi va atamalar” hamda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi katta o‘qituvchisi A.Qambarov tomonidan “Mutaassib guruhlar ta’siriga tushgan shaxslarni reabilitatsiya qilish usullari (O‘zbekiston tajribasi)” mavzularida dars mashg‘ulotlari olib borildi. Darslar so‘nggida tinglovchilarni qiziqtirgan savollariga soha mutaxassislari tomonidan ilmiy va asoslantirilgan javoblar berildi.
Malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda.
Izoh qoldirish