30.09.2024

Sizga ta’zim – aziz ustozim!

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi Samarqand viloyati mintaqaviy filialida 1-davra tinglovchilari bilan 2024-yil 30-sentyabr kuni 1-oktyabr “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan “Sizga ta’zim – aziz ustozim!” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir haqida 

MA’LUMOT

 

Ayni vaqtda Respublikamizda 1-oktabr – “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” keng miqyosda nishonlanib, ushbu kun munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda. 

Huddi shunday tadbirlardan biri 2024-yil 30-sentyabr kuni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazining Samarqand viloyati mintaqaviy filiali professor-o‘qituvchilari, xodimlari va tinglovchilari ishtirokida “Sizga ta’zim – aziz ustozim!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

 

Filial direktori J.Ochilov tadbir ishtirokchilarini 1-oktyabr “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan barchani tabrikladi va kun tartibidagi mavzu yuzasidan to‘xtalib o‘tdi hamda tadbir ishtirokichlarini tanishtirdi.

Dastur bo‘yicha so‘z “Ijtimoiy va mutaxassislik fanlari” kafedrasi mudiri X.Djurakulovga berildi. 

Tadbir davomida kafedra o‘qituvchisi N.Qobilov va tinglovchilardan Jizzax viloyati Jizzax shahar “Havastlik” masjidi imom xatibi N.Ahmedov hamda Buxoro viloyati Olot tuman “Xalifa” masjidi imom noibi A.Qo‘ldoshevlar so‘zga chiqib, o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. 

 

Ma’naviy-ma’rifiy tadbir davomida tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar va bu borada bilim-ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.

Izoh qoldirish