27.09.2024

Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy

Kvant hisoblashni amaliy joriy etish hozirda bir qator muammolar bilan cheklangan, ulardan asosiylari kvant tizimining holatini o‘lchashdagi noaniqliklar va kvant holatlarining dekoherentlik tufayli beqarorligidir. Kubitlarni to‘liq izolyatsiya qilishning imkonsizligi ularning turli xil xatolarga (bit xatolari, faza xatolari va bit-faza xatolari) uchrashiga olib keladi. Shu sababli, samarali kvant xatolarini tuzatish usullarini ishlab chiqish hozirgi vaqtda dolzarbdir. Kvant xatolarini tuzatish kodlarini qo‘llash dekoherentlikka qarshi kurashish, kvant holatlarini qayta tiklash va o‘lchashdagi xatoliklarni kamaytirish imkonini beradi.

Kubit holatlar fazosining o‘ziga xos xususiyatlari tufayli, ularning atrof-muhit bilan o‘zaro ta'siri natijasida uch turdagi xatolardan birining paydo bo‘lishi mumkin:

 

Izoh qoldirish