27.09.2024

Harbiy xizmatchilar uchun navbatdagi malaka oshirish o‘quvlari boshlandi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida 2024-yil 10-iyun kunidan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi Qo‘mondonlik tarkibi ofitserlari uchun “Harbiy xizmatchilarda yot g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni mustahkamlashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari” yo‘nalishida 72 soatlik malaka oshirish o‘quvlari boshlandi. Unda jami 40 nafar tinglovchilar ishtirok etmoqda.

Mazkur malaka oshirish o‘quvlaridan ko‘zlangan maqsad harbiy xizmatchilarning O‘zbekistonda davlar va din munosabatlari, din bilan bog‘liq geosiyosiy jarayonlar tahlili va unda O‘zbekistonning pozitsiyasi to‘g‘risidagi bilimlarini rivojlantirish, shaxsiy tarkib ofitserlari va fuqarolar bilan ishlash jarayonida turli yot g‘oyalar: ekstremizm, terrorizm, radikalizm, aqidaparastlik, missionerlik g‘oyalarga qarshi kurashda mafkuraviy immunitetlarini mustahkamlash, ularning oila a’zolarini turli radikal g‘oyalar ta’siridan muhofaza qilish usullari hamda ofitserlarning sohaga doir bilim va ko‘nikmalarini yanada takomillashtirishdan iborat.

Dars mashg’ulotlaridan so’ng tinglovchilar O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hududida joylashgan “Yunusxon”, “Shayx Hovandi Tohur”, “Qaldirg‘ochbiy” maqbaralariga ziyorat uyushtirildi. Unda tinglovchilarga madaniy obidalarning tarixi va qayta tiklanish jarayoni haqida ma’lumotlar berildi.

Malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda.

Izoh qoldirish