26.09.2024

Nikoh va taloq

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi Samarqand viloyati mintaqaviy filiali tinglovchilari hamda professor-o‘qituvchilari ishtirokida 2024-yil 26-sentyabr kuni Hadis ilmi maktabi faoliyati bilan tanishuv va ushbu maktab ustozi shayx Maxmud Hasan hazratlari bilan “Nikoh va taloq” mavzusida bo‘lib o‘tgan davra suhbati  to‘g‘risida

MA’LUMOT 

Malaka oshirish o‘quv jarayonini takomillashtirish bo‘yicha tayyorlangan takliflar va ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasi asosida tinglovchilar bilan ko‘chma mashgʼulotlar, yetuk diniy-maʼrifiy soha xodimlari ishtirokida davra suhbatlari, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Xadis ilmi maktabining axborot resurs markazidan foydalanishlar yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bu borada Hadis ilmi maktabi bilan hamkorlikda muntazam ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar olib borilmoqda.

Shunday tadbirlardan biri 2024-yil 26-sentyabr kuni Hadis ilmi maktabida maktab faoliyati bilan tanishuv va “Nikoh va taloq” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda Hadis ilmi maktabining o‘qituvchilari – shayx Maxmud Hasan hazratlari, Mamashikurov Beknazar domla, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi Samarqand viloyati mintaqaviy filiali tinglovchilari – imom-xatiblar, noib imomlar va professor-o‘qituvchilari ishtirok etdilar. 

Reja bo‘yicha Samarqand viloyati mintaqaviy filialida malaka oshirayotgan tinglovchilarni darsdan keyingi bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish ishlari davom etmoqda.

Izoh qoldirish