Samarqand shahrining tarixiy obidalari va diqqatga sazovor joylariga uyushtirilgan sayohati haqida
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi Samarqand viloyati mintaqaviy filialida malaka oshirayotgan 8-davra tinglovchilarini darsdan keyingi bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida Samarqand shahrining tarixiy obidalari va diqqatga sazovor joylariga uyushtirilgan sayohati haqida
MA’LUMOT
2024-yil 25-iyun kuni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi Samarqand viloyati mintaqaviy filialida malaka oshirayotgan imom-xatiblar va noib imomlarning darsdan keyingi bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish hamda ularni Samarqand shahrining boy tarixiy me’rosi bilan tanishtirish maqsadida shaharning tarixiy obidalari va diqqatga sazovor joylariga sayohat uyushtirildi.
Dastlab, imom-xatiblar va noib imomlar madaniy meros obyektlari ro‘yxatiga kiritilgan Toyloq tumani Ispandi qishlog‘ida joylashgan Imom al-Buxoriyning ustozi bo‘lgan Abdulloh ibn Abdurahmon Doramiyning maqbarasini ziyorat qildilar.
Shundan keyin imom-xatiblar va noib imomlar Imom Moturidiy maqbarasini ziyorat qildilar.
Samarqand shahrining tarixiy obidalari va diqqatga sazovor joylariga uyushtirilgan sayohat davomida imom-xatiblar va noib imomlar O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qildilar.
Reja bo‘yicha Samarqand viloyati mintaqaviy filialida malaka oshirayotgan tinglovchilarni darsdan keyingi bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish ishlari davom etmoqda.
Izoh qoldirish