20.06.2024

GLOBALLASHUV SHAROITIDA RADIKALIZMNING JAMIYAT TARAQQIYOTIGA TA’SIRI

O‘ZBEKISTON XALQARO ISLOM AKADEMIYASI HUZURIDAGI MALAKA OSHIRISH MARKAZI SAMARQAND VILOYATI MINTAQAVIY FILIALIDA IMOM BUXORIY XALQARO ILMIY-TADQIQOT MARKAZI VA MAXSUS LOYIHA QURILISH TA’MIR DAVLAT ILMIY ISHLAB CHIQARISH BIRLASHMASI SAMARQAND VILOYATI BO‘YICHA XUDUDIY BOSHQARMASI HAMKORLIGIDA  О‘TKAZILGAN “GLOBALLASHUV SHAROITIDA RADIKALIZMNING JAMIYAT TARAQQIYOTIGA TA’SIRI” MAVZUSIDAGI MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIR MA’LUMOTNOMASI

Bugungi kunda mamlakatimizda “Jaholatga qarshi ma’rifat” g‘oyasi ostida dinning asl ta’limoti, ezgulik g‘oyalari, о‘zaro hurmat, tinchliksevarlik va bag‘rikenglik tamoyillarini targ‘ib etish hamda ular asosida yoshlarni tarbiyalash, davlat va nodavlat notijorat tashkilotlarida davlat va jamiyat barqarorligi, umumjahon xavfsizligiga tahdid solayotgan yot g‘oyalar, din niqobi ostiga yashiringan unsurlarning asl maqsadlarini fosh etuvchi, ularga qarshi ma’rifat bilan kurashish g‘oyasining asl mohiyatini kо‘rsatish, chuqur ilmiy asoslarga tayangan targ‘ibot ishlari olib borilmoqda. 

Huddi shunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlardan biri 2024-yil 20-iyun kuni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazining Samarqand viloyati mintaqaviy filiali professor-o‘qituvchilari va tinglovchilari ishtirokida ham tashkil etildi.

        

 Tadbirni “Ijtimoiy va mutaxassislik fanlari” kafedrasi mudiri, falsafa fanlari doktori, dotsent X.Djurakulov kirish so‘zi bilan ochib, kun tartibidagi mavzu yuzasidan to‘xtalib o‘tdi.

Shuningdek, ma’naviy-ma’rifiy tadbir davomida О‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazining Samarqand viloyati mintaqaviy filiali direktori, falsafa fanlari bо‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Ochilov Jamshid Abdurashidovich, Tayloq tumani “Jumabozor” masjidi imom-xatibi Abdulsaidov Samariddin Qamariddinovich, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining Diniy-ma’rifiy tadbirlar bо‘limi boshlig‘i, tarix fanlari bо‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Jumayev Jonibek Shodiyevich va Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy-tadqiqotlar bо‘limi kichik ilmiy xodimi Qobilov Nodir Sidiqovichlar о‘zlarining fikr-mulohazalarini bildirib о‘tdilar.

Tadbirda har bir kishi bugungi kunda olib borilayotgan keng kо‘lamli islohotlar va ularning respublikada diniy muhitni yanada sog‘lomlashtirish, о‘sib kelayotgan yosh avlodni ma’naviy-axloqiy jihatdan barkamol etib, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlarini tubdan yaxshilash bо‘yicha qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

 

Izoh qoldirish