12.06.2024

“Imomlik mas’uliyatining o‘ziga xos xususiyatlari” mavzusida bo‘lib o‘tgan davra suhbati

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi Samarqand viloyati mintaqaviy filiali tinglovchilari hamda professor-o‘qituvchilari ishtirokida 2024-yil 11-iyun  kuni Hadis ilmi maktabida  “Imomlik mas’uliyatining o‘ziga xos xususiyatlari” mavzusida bo‘lib o‘tgan davra suhbati  to‘g‘risida  MA’LUMOT. 

Malaka oshirish o‘quv jarayonini takomillashtirish bo‘yicha tayyorlangan takliflar va ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasi asosida tinglovchilar bilan ko‘chma mashgʼulotlar, yetuk diniy-maʼrifiy soha xodimlari ishtirokida davra suhbatlari, Imom Buxoriy xalkaro ilmiy-tadqiqot markazi va Xadis ilmi maktabining axborot reurs markazidan foydalanishlar yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bu borada Hadis ilmi oliy maktabi bilan hamkorlikda muntazam ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar olib borilmoqda.

Xususan, 2024-yil 11-iyun kuni Hadis ilmi maktabida “Imomlik mas’uliyatining o‘ziga xos xususiyatlari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda Hadis ilmi maktabining katta o‘qituvchilari – Oybek Xoshimov,  Abdug‘ulom Meliboyev, Maxmudjon Abdurahmonov va Beknazar Mamashikurovlar O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi Samarqand viloyati mintaqaviy filiali tinglovchilari – imom-xatiblar, noib imomlar va professor-o‘qituvchilari bilan qiziqarli davra suhbati olib bordilar. 

O‘tkazilgan davra suhbatida tinglovchilar davra suhbatini katta qiziqish bilan tingladilar va  o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berib, ularga batafsil javoblar oldilar.

Shu bilan birga, tinglovchilar ushbu maktabda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar.

 

Izoh qoldirish