08.05.2024

Inson qadri ulug

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi Samarqand viloyati mintaqaviy filialida 9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Inson qadri ulug‘, xotirasi muqaddas!” mavzusida o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir haqida 

MA’LUMOTNOMA

            Mamlakatimizning deyarli barcha hududlarida bugungi kunda 9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan keng qamrovli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda. 

          Huddi shunday tadbirlardan biri 2024-yil 8-may  kuni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazining Samarqand viloyati mintaqaviy filiali professor-o‘qituvchilari, xodimlari va tinglovchilari ishtirokida “Inson qadri ulug‘, xotirasi muqaddas!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirni mintaqaviy filial kafedra mudiri X.Jo‘raqulov kirish so‘zi bilan ochib, kun tartibidagi mavzu yuzasidan to‘xtalib o‘tdi. Ya’ni, 1999-yili 9-may kuni Oʻzbekiston poytaxtida Xotira maydoni ochilgani va ushbu kundan boshlab 9 may – Xotira va qadrlash kuni umumxalq bayrami keng nishonlanib kelinayotganligi, hamda ushbu bayram mustaqil Oʻzbekistonda asrlar davomida qahramona, oʻlkamizni himoya qilgan, uning erkinligi, mustaqilligi va xalqining tinchligi uchun kurashgan vatandoshlar xotirasiga bagʻishlanganligi to‘g‘risida batafsil to‘xtalib o‘tdi. 

          Dastur bo‘yicha tadbir davom etdi va tadbir davomida filialning “Ijtimoiy va mutaxassislik” fanlari kafedrasi professori, f.f.d., B.O.Turayev xotira va qadrlash bilan bog‘liq tushunchalarning mazmun-mohiyatiga o‘z fikr-mulohozalarini bildirib o‘tdi. 

          Shuningdek, ma’naviy-ma’rifiy tadbir davomida 9-may Xotira va qadrlash kuniga oid ma’lumotlar bo‘yicha tinglovchilar tomonidan qiziqarli fikr-mulohazalar bildirib o‘tildi. 

                   Tadbirda ishtirok etgan har bir kishi qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.           

          

Izoh qoldirish