Al Hakim at-Termiziy
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi Surxondaryo viloyati mintaqaviy filiali Qashqadaryo va Surxondaryolik imom-xatib va noiblardan iborat bo‘lgan 6-davra tinglovchilari 2024 yil 3-may kuni tushdan keyingi tadbirda Surxondaryo viloyati Termiz tumanida joylashgan “Al Hakim at-Termiziy” maqbara meʼmoriy yodgorligiga joylarda amaliy mashg’ulot uyushtirildi.
Abu Abdulloh Muhammad ibn Ali at-Termiziy (750 - 760 - yillarda, Termiz, - 869, Termiz) - Sharqiy sufizmning mashhur namoyondasi, 80 dan ortiq asarlar muallifi. At-Termiziy chuqur ilm va keng dunyoqarashga ega boʻlgani uchun "Al-Hakim"(dono) degan tahallusni olgan.
Bu allomaning toʻliq ismi — Abu Abdulloh Muhammad ibn Ali ibn Hasan ibn Bashir (ayrim manbalarda Bishr) al-Hakim at-Termiziy. Hakim at-Termiziyning ilmiy va ijodiy faoliyati haqida maʼlumot Tojiddin Subkiy ("Tabaqot ash-shafi`-iyya al-Kubro"), Xotib al-Bagʻdodiy ("Tarixi Bag`dod"), Ibn Hajar al-Asqaloniy ("Lison al-miyzon"), as-Sulamiy ("Tabaqot as-sufiyya") va boshqa bir qator olimlar asarlarida keltirilgan. Hakim at-Termiziy oʻz hayoti toʻgʻrisida oʻzining "Bad`u sha`ni Abu Abdulloh" asarida bayon etadi. Bu asar 1965-yilda Bayrutda Yahyo Ismoil tomonidan olimning "Xatmul avliyo" asari bilan birga chop etilgan. Hakim at-Termiziyning tavalludi va vafoti sanalari yozma manbalar hamda hozirgi adabiyotlarda turlicha keltiriladi. Baʼzi mualliflar, masalan, Hoji Xalifa "Kashf az-zunun"da Hakim at-Termiziy vafoti yilini milodiy 869 yil deb ko`rsatgan. Allomaning qabr toshida ham shu sana keltirilgan. Hakim at-Termiziy yuz yildan oshiq vaqt umr ko`rganidan kelib chiqilsa, manbalarda ham u 112, 116, yoki hatto 120 yoshgacha umr ko`rgani keltiriladi, u holda alloma I taxminan 750 — 760 yillar oralig`ida tug`ilgan bo`lib chiqadi. Ayni mahalda bundan 30 yil oldin "Al-Hakim at-Termiziy va nazariyyatuhu fil valoyati" asarini yozgan misrlik mashhur olim Abdulfattoh Abdulloh Baraka Hakim at-Termiziy milodiy 820 yilda tavallud topib 112 yil yashab 932 yilda vafot etgan, deb yozgan. Allomaning bo-lalik va yoshlik yillari haqida manbalarda batafsil maʼlumot berilmagan. "Tarjimai hol" iga koʻra, u sakkiz yoshidan boshlab diniy ilmlar bilan jiddiy shugʻullangan, yigirma sakkiz yoshida esa Makkaga haj safariga joʻnagan. Safardan qaytgach, Hakim at-Termiziy sufiylik yoʻlini tutgan: xilvatga ketib, nafsi, ammorani yengib, sufiyona risolalarni oʻrgangan.
Avliyo haqidagi sufiyona tasavvurlarni birinchi bo`lib nazariy asoslab, hukuk borasida ularni rusul va anbiyo bilan amalda tenglashtirgan ham, aftidan, Hakim at-Termiziydir. Allomaning risolat va valoyat nisbati, sufiylikdagi avliyolik darajasi to`g`risidagi g`oyalari taniqli olim Ibn Arabiy ijodida o`z rivojini topdi. Ibn Arabiy o`z asarlariga ko`pincha Hakim at-Termiziy risolalaridan katta-katta bo`laklar kiritgan. Tadqiqotchilar ta`kidlashicha, Hakim at-Termiziy budda-viylik, xristianlik va moniylik ta`limotlaridan xabardor bo`lgani ehtimol. Uning asarlarida shu ta`limotlar ta`sirini ko`rish mumkin. Allomaning chuqur va har tomonlama bilimini e`tirof etgan zamondoshlar i unga faxrli al-Hakim — donishmand rutbasini bejiz berishmagan.
Izoh qoldirish