Xo’jayli tumanidagi Mizdaqxan (“Mazlumxan suluv” (XII-XIX asr) maxbarasini) tarixiy arxeologik maskaniga ziyorat
O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazining Qoraqalpog’iston Respublikasi mintaqaviy filiali hodimlari bilan birgalikda malaka oshirishga kelgan tinglovchi imom-xatiblar va noib imomlar 2024-jıl 02-may kuni Mizdaqxan (“Mazlumxan suluv” (XII-XIX asr) maxbarasini) tarixiy arxeologik maskaniga tashrif buyorib ziyorat qildilar.
Madaniy yodgorliklar xalqimizning rivojlanishida katta ahamiyatga ega. O'zi tug'ilib o'skan yerini qadrlay biladigan yoshlarni tarbiyalashda madaniy yodgorliklarning o'rni beqiyos. Ulardan misol etib Xo'jayli tumanidagi Mizdaxan, Shamu Nabi, Gawir qala, Nazlimxan suliw Amudaryo tumanidagi Shilpiq va Ellikqala tumanidagi Topiraqqa'la kabi yodgorliklar bor. Ana shular ichida Amudaryo tumanidagi turistlar e'tiborini tortgan Shilpiq qa'la hisoblanadi. Uning yoshi 2200 yildan ortiq. Shilpiq-bu 15 metr balandlikdagi 65 metr diametrga ega tomsiz dumaloq minora bo'lib, Nukusdan 43 km masofadagi tabiyiy yassi tepalikning cho'qqisida joylashgan. Dastlab minora tepadan pastga tushgan 20 metrli narvon bilan boshlangan edi. Minoraning asos bo'lagidan daryo tomon yo'l tushgan. Minora va uning atrofida loy taxtachalar topilgan bo'lib. ularning ayrimlari bugingii kunda Nukus va Toshkentdagi muzeylarda saqlanib kelmoqda. Umuman olganda tarixiy obidalarimiz davlatimizning rivojlanishida va turistlar sonining ortishida katta ahamiyatga ega.
Xo’jayli tumanidagi mizdaqxan (“Mazlumxan suluv” (XII-XIX asr) maxbarasini) tarixiy arxeologik maskanining tarixiga toxtalip o’tamiz.
Miloddan avvalgi IV asr - milodiy XIV asrlarining arxeologo-me’moriy majmuasi.
Mizdaxkon — 2 mingdan ziyod yillar avval paydo bo‘lgan qadimiy qabriston.
Bu yerda “jahon soatlari” nomlanmish yodgorlik joylashgan. Bu yodgorlik imorat ko‘rinishidadir. Aytishlaricha, bino har yili bir donadan g‘isht yo‘qotadi, imorat butunlay qulagach, dunyo ham oxirlar ekan. Hozir binoning uchdan bir qismi vayron bo‘lgan. Qadimiy afsonaga ko‘ra, agar g‘ishtlar piramida ko‘rinishida tizilib niyat qilinsa, u albatta ijobat bo‘ladi. Piramidadagi g‘ishtlar soni yetitta bo‘lishi lozim, zero, musulmonlarda yetti soni muqaddas hisoblanadi.
Qadimiy Mizdaxkon arxeologik majmuasi katta maydonni — 200 gektarni egallagan bo‘lib, yirik magistral yo‘llar bo‘yida — Kunya-Urganch (Turkmaniston) va Qoraqalpog‘iston Respublikasining shimoliy mintaqalari bo‘lmish Qo‘ng‘irot hamda Mo‘ynoq yerlari hamda Ustyurt platosida joylashgan.
Uning asosiy qismlari Xo‘jayli shahrining janubiy-g‘arbiy chekkalaridagi uchta tepalikda joylashgan. O‘z ichiga Gyaup Qal’a, Shamun nabi maqbarasini, Mazlumxon Sulu, Xalfa Yerejep, Karvon saroylarni olgan. Qazilmalar natijasida noyob asyoviy dafn yertshlalari, tangalar, turli xil maishiy anjomlar, shisha, tilladan qilingan yuqori san’at buyumlari topilgan.
MAZLUMXAN SULUV – IX – XII asrga tegishli tarixiy esdalik. Xalq orasida Qizning uyi nomi bilan mashhur. Afsonalarga ko’ra shoh qiziga oshiq bo’lgan yigit er tagida saroyni qurgan. Bir shummomo nayrangi bilan ikkalasi ham vafot etadi. Tekshirishlar natijasida haqiqatdan ham er tagida qurilgan xonalarda qiz, bir yigit va yana bir sarkarda qabri borligini tasdiqladi. Bu qiz bilan yigit ismlari nomalum. Qiz qabri ustiga forsiyda yozilgan so’zlarni hisobga olib uni aristokrat oilaga tegishli ekanligi malum bo’lgan. Sarkarda qabri esa qandayda bir Muzaffar shohga tegishli. Tarixiy arxitektura qurilishi joylashgan er ko’hi Antakiya (Antakiya tog’i) deb atalgan. Bu malumotlar va davrni hisobga olib va bu shahar Buyuk ipak yo’li bo’yida joylashgani sababli bu voqea og’izdan og’izga tarqalib har hil afsonalarga aylangan. Bu afsonalar tarqalib, Nizomiy, Dehlaviy va Navoiylar bayon qilgan Farxod, Shirin va Xusrav Parvez obrazlariga asos bo’lgan deya to’liq aytish mumkin. Bu erdagi qabrda memor usta va Shoh qizi va yana bir sarkarda, Usta yigit tarafidan qizga atab qurgan er osti qasriga dafn qilingan. Bu yigit bu yerlik emasligi saroy naqshlaridan ham bilsa bo’ladi.
Izoh qoldirish