GLOBALASHUV SHAROITIDA MILLIY QADRIYATLARIMIZNING OʻRNI
O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi Namangan viloyati mintaqiviy filialida Namangan viloyat hokimligi hamda O'zbekiston musulmonlari idorasi Namangan viloyat vakilligi bilan hamkorlikda "Globallashuv sharoitida milliy qadriyatlarimizning oʻrni" mavzusida ilmiy-amaliy seminar bo'lib o'tdi. Seminarda Namangan viloyati hokim o'rinbosari J.Xatamov, viloyat bosh imom-xatibi M.Abbasidinov, Imom Termiziy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi katta ilmiy xodimi J.Cho'tmatov, Namangan viloyat mintaqaviy filial rahbari va professor-o'qituvchilari bilan birgalikda Andijon, Farg'ona, Namangan viloyatlaridan malaka oshirish o'quvlariga jalb etilgan 48 nafar imom-xatib, noibi-imom hamda "al-Hidoya" o'rta-maxsus islom bilim yurti yuqori bosqich talabalari ishtirok etdilar.
Tadbirda Mavorounnahr diyorida islom dini rivojiga hissa qo'shgan allomalar hayot tarzini o'rganish va ularning boy ilmiy-ma'naviy me'rosidan ibrat olish masalasiga e'tibor qaratildi. Majlisda so'z olgan notiqlar "mazhabsizlik", "soxtakorlik", "mutaassiblik" singari zamonamizdagi muammolarning yechimi xususida o'z tajribalari bilan o'rtoqlashdilar.
Yig'ilish so'ngida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil va aniq javoblar berildi.
Izoh qoldirish