04.03.2024

O‘zbekiston Respublikasining Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo bo‘lganligining 32 yilligi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi Surxondaryo viloyati mintaqaviy filialida O‘zbekiston Respublikasining Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo bo‘lganligining 32 yilligi munosabati bilan 2024-yil 2-mart kuni Termiz muhandislik-texnologiya instituti prorektori, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Majitov Maxmud Abdumo‘min o‘g‘li ishtirokida tinglovchilar bilan davra suhbati tashkil etildi.

Oʻzbekiston oʻz mustaqilligini eʼlon qilganidan keyin koʻp oʻtmay - 1992-yil 2-martkuniBMTga aʼzo boʻldi. Shu kuni BMT Bosh Assambleyasi binosi oldida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi koʻtarildi. 1993-yil 24-avgustda BMTning Toshkentdagi vakolatxonasi ochildi. BMTda Oʻzbekiston Respublikasi vakolatxonasi ish boshladi.Birlashgan Millatlar Tashkiloti 1945-yil 24-oktabrda 51 mamlakat tomonidan tashkil etildi. Bugungi kunda jahonning 200 ga yaqin mamlakati BMTning a’zolari hisoblanadi.

Yurtimizda Birlashgan millatlar tashkilotining bir nechta tarkibiy tuzilmalari – Taraqqiyot dasturi, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, Aholishunoslik jamg‘armasi, Bolalar jamg‘armasi, Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti, Xalqaro mehnat tashkiloti, Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti, Migratsiya bo‘yicha xalqaro tashkilot vakolatxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda.

 

 

Izoh qoldirish

Izohlar