01.03.2024

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi Surxondaryo viloyati mintaqaviy filiali tinglovchilari uchun amaliy mashg‘ulot tashkil etildi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi Surxondaryo viloyati mintaqaviy filiali tinglovchilari uchunTermiz davlat universiteti tuzilmasidagi “Qatog‘on qurbonlari xotirasi muzeyi” va Axborot resurs markazi faoliyati hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Surxondaryo viloyati Termiz shahar “Manguzar” jome’ masjidifaoliyati bilan yaqindan tanishish va o‘rganish maqsadida joylarda amaliy mashg‘ulot tashkil etildi.

 

Joriy yilning 1 mart sanasida 5-davra tinglovchilari Termiz davlat universiteti tuzilmasidagi “Qatog‘on qurbonlari xotirasi muzeyi” va Axborot resurs markazi binosiga tanishish va o‘rganish maqsadida joylarda amaliy mashg‘ulot tashkil etildi. Tarix fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari M.Xidirov imom domlalarga Surhondaryo tarixidan “so‘zlovchi” muzeydagi eksponatlar bilan yaqindan tanishtirib o‘tdi. Tarix fakulteti dekani Sh.Abdulloyev ham Universitetdagi sharoitlar va muzeydagi eksponatlar tarixi bo‘yicha keng ma’lumotlar berib o‘tdi.

 

Shundan so‘ng Termiz davlat universiteti tashkil etilgan axborot-resurs markazi faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Axborot-resurs markazi hodimlari tomonidan mavjud kitoblar, o‘quv va kompyuter xonalarida yaratilgan sharoit bo‘yicha keng ma`lumotlar berishdi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Surxondaryo viloyati Termiz shahar “Manguzar” jome’ masjidi faoliyati bilan yaqindan tanishish va o‘rganish maqsadida joylarda amaliy mashg‘ulot tashkil etildi. Termiz shahar Manguzar jome masjidi bosh imom xatibi Abdullaev Rasuljon qori Yusupovich masjid faoliyati, masjidga tashrif beruvch mehmonlar, masjid tarixi hamda ish hujjatlarini yuritish to‘g‘risida batafsil ma`lumotlar berib o‘tdi.

Izoh qoldirish

Izohlar