29.02.2024

Ramazon oyining o‘ziga xos xususiyatlari

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi Samarqand viloyati mintaqaviy filiali tinglovchilari hamda professor-o‘qituvchilari ishtirokida 2024-yil 29-fevral  kuni Hadis ilmi maktabi faoliyati bilan tanishuv va ushbu maktab ustozi shayx Maxmud Hasan hazratlari bilan “Ramazon oyining o‘ziga xos xususiyatlari” mavzusida bo‘lib o‘tgan davra suhbati  to‘g‘risida  MA’LUMOT 

Malaka oshirish o‘quv jarayonini takomillashtirish bo‘yicha tayyorlangan takliflar va ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasi asosida tinglovchilar bilan ko‘chma mashgʼulotlar, yetuk diniy-maʼrifiy soha xodimlari ishtirokida davra suhbatlari, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Xadis ilmi maktabining axborot resurs markazidan foydalanishlar yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bu borada Hadis ilmi maktabi bilan hamkorlikda muntazam ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar olib borilmoqda.

 

Shunday tadbirlardan biri 2024-yil 29-fevral kuni Hadis ilmi maktabida maktab faoliyati bilan tanishuv va “Ramazon oyining o‘ziga xos xususiyatlari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda Hadis ilmi maktabining o‘qituvchilari – shayx Maxmud Hasan hazratlari va Mahmudjon domla Аbdurahmonovlar O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi Samarqand viloyati mintaqaviy filiali tinglovchilari – imom-xatiblar, noib imomlar va professor-o‘qituvchilari ishtirok etdilar. 

Tadir dastlab Xadis ilmi maktabining bugungi kundagi faoliyati va unda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishishdan boshlandi.

Shundan so‘ng Xadis ilmi maktabining axborot resurs markazidagi mavjud imkoniyatlar bilan tanishdilar.

Tadbir davomida Hadis ilmi maktabining ustozi shayx Maxmud Hasan hazratlari bilan “Ramazon oyining o‘ziga xos xususiyatlari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. 

O‘tkazilgan davra suhbatida tinglovchilar davra suhbatini katta qiziqish bilan tingladilar va  o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berib, ularga batafsil javoblar oldilar. Davra suhbati so‘ngida tinglovchilar  Shayx Maxmud Hasan hazratlari bilan esdalik uchun sur’atga tushdilar.

Izoh qoldirish