26.02.2024

Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining Axborot-kutubxona markaziga sayohat

2024-yil 26 fevral kuni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazining Surxondaryo viloyati mintaqaviy filiali 5-davra 1-guruh tinglovchilari Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining Axborot-kutubxona markaziga tashrif buyurishib, kutubxonaga a’zo bo‘lish, elektron va an’anaviy katalog va kartotekalardan foydalanish, elektron resurslarni izlash, ularga buyurtmani rasmiylashtirish, internet va WI-FI zonasi xizmatlaridan foydalanish qoidalari bilan tanishdilar. Kutubxona mutaxassislari tomonidan kutubxonaning faoliyati, tarixi va buguni haqida ma’lumotlar berdishdi.

 

Izoh qoldirish

Izohlar