Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida davra suhbati tashkil etildi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi Samarqand viloyati mintaqaviy filiali 5-davra tinglovchilari bilan 2024 yil 26-fevral kuni tushdan keyingi tadbirlar rejasiga asosan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida davra suhbati tashkil etildi.
Tinglovchilarni Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktor o‘rinbosari Otabek Muhammadiyev kutib olib, ushbu markazning faoliyati bilan tanishtirib o‘tdi.
Tadbir davomida tinglovchilar kutubxonada mavjud qoʻlyozmalar, elektron kataloglari va turli tillarda nashr etilgan kitoblar fondi bilan tanishdilar.
Darhaqiqat, kutubxonaga kirgan kishi asl ilm manbaidan kuch olishi tabiiy, o‘zingizni ruhan poklangandek sezasiz. Kutubxonada buyuk mutafakkirlarning qadimiy qo‘lyozma kitob nusxalari qo‘yilganligi odamni beixtiyor o‘ziga jalb qiladi. Tadbir davomida markazda allomalarning bebaho merosini o‘rganishda o‘ziga xos maktab yaratgan buyuk muhaddislar Imom Buxoriy, Imom Termiziy, ulug‘ faqihlar Burhoniddin Marg‘inoniy, Abullays Samarqandiy, kalom ilmining buyuk mutafakkirlari Abu Mansur Moturidiy, Abul Muin Nasafiy kabi ajdodlar boy merosini alohida-alohida o‘rganish va ilmning shu sohalari bo‘yicha mukammal bilimga ega bo‘lgan yetuk mutaxassislar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish uchun barcha kerakli sharoitlar yaratilgan deydi O.Muhammadiyev. Bugungi kunda bu borada xorijdagi nufuzli xalqaro ilmiy markazlar, ta’lim muassasalari bilan doimiy ravishda hamkorlikda ish olib borilmoqda.
Reja bo’yicha Samarqand viloyati mintaqaviy filialida malaka oshirayotgan tinglovchilarni darsdan keyingi bo`sh vaqtlarini mazmunli o`tkazish ishlari davom etmoqda.
Izoh qoldirish