24.02.2024

“Jaholatga qarshi – ma’rifat” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi

O‘z XIA huzuridagi Malaka oshirish markazi Surhondaryo viloyati mintaqaviy filiali “Ijtimoiy va mutaxassislik fanlari” kafedrasi bilan hamkorlikda Termiz davlat universitetining Yuridik, Tarix, Ijtimoiy fanlari, Sport faoliyati fakultetlarining talabalari ishtirokida 2024 yil 23-fevral  kuni Termiz davlat universitetida “Jaholatga qarshi – ma’rifat” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi 

Tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi malaka oshirish markazi Surxondaryo viloyati mintaqaviy filialitinglovchilariQashqadaryo viloyati Kitob tumani imom-noibi A.Qodirov, Termiz shahar Manguzar masjidi imom-noibi S.Umarov yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari tyutorlar hamda talabalar ishtirok etishdi.

Tadbir davomida ma’ruzachilar komil insonni, sog‘lom avlodni tarbiyalash uchun g‘oyaviy bo‘shliqqa yo‘l qo‘ymaslik, bo‘shliq o‘rnini vayronkor va buzg‘uncha yot g‘oyalar egallashining oldini olish uchun esa faqat o‘qish, ilm o‘rganish joizligi davra suhbatlarida asosli tarzda tushuntirildi.  

Tadbir so‘ngida tinglovchilar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga yetarlicha javob oldilar.

 

 

Izoh qoldirish

Izohlar