15.02.2024

14-FEVRAL ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR TAVALLUDINING 541 YILLIGI

O’ZBEKISTON XALQARO ISLOM AKADEMIYASI HUZURIDAGI MALAKA OSHIRISH MARKAZI SAMARQAND VILOYATI MINTAQAVIY FILIALIDA 14-FEVRAL ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR TAVALLUDINING 541 YILLIGI MUNOSABATI BILAN O’TKAZILGAN MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIR  MA’LUMOTNOMASI

Ayni paytda, mamlakatimizning deyarli barcha hududlarida o‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, buyuk shoir, tarixchi, geograf, davlat arbobi, iste’dodli sarkarda, boburiylar sulolasi asoschisi, temuriy shahzoda  Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi munosabati bilan keng qamrovli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda. Huddi shunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlardan biri 2024 yil 14-fevral kuni O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazining Samarqand viloyati mintaqaviy filiali professor-o‘qituvchilari, xodimlari va tinglovchilari ishtirokida ham tashkil etildi.

         Tadbirni mintaqaviy filial direktori J.A.Ochilov kirish so‘zi bilan ochib, kun tartibidagi mavzu yuzasidan to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, ma’naviy-ma’rifiy tadbir davomida O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazining Samarqand viloyati mintaqaviy filialio`qituvchilari A.Yuldoshev,  J.Jumayevlar, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi diniy-ma’rifiy bo‘limi ilmiy xodimi B.Maxmudovlar buyuk ajdodimizning dunyo ilm-fani va madaniyatiga qo‘shgan xissasi bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirdilar. 

 Tadbir mavzusi bo‘yicha imom-xatib va noib imomlar ham buyuk mutafakkir, shoir Zahiriddin Muhammad Boburning hayot yo‘li, ayniqsa uning o‘zbek mumtoz adabiyotiga qo‘shgan hissasi, uning nomi va merosi, ma’naviy-ilmiy g‘oyalari boshqa davlatlarga ham keng tarqalganligi, shuningdek, uning “Boburnoma”si insoniyat ma’naviy olamini boyitishda muhim ahamiyat kasb etishi haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar. 

Tadbirda har bir kishi buyuk mutafakkirning ibratli hayot yo‘li, ijodi va jahon ilm-ma’rifatiga qo‘shgan xissasi haqidagi qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

Izoh qoldirish