14.02.2024

"Qalbimizda mangu yashar buyuk siymolar" mavzusida ma’naviy - ma`rifiy tadbir tashkil etildi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi Surxondaryo viloyati mintaqaviy filialida Qashqadaryo va Surxondaryolik imom-xatib va noiblardan iborat bo‘lgan 5-davra 1-gurux tinglovchilari bilan Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi munosabati bilan "Qalbimizda mangu yashar buyuk siymolar" mavzusida ma’naviy - ma`rifiy tadbir tashkil etildi.

Ayni paytda, mamlakatimizning deyarli barcha hududlarida o‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, buyuk shoir, tarixchi, geograf, davlat arbobi, iste’dodli sarkarda, boburiylar sulolasi asoschisi, temuriy shahzoda  Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi munosabati bilan keng qamrovli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Huddi shunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlardan biri 2024 yil 14- fevral kuni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazining Surxondaryo viloyati mintaqaviy filiali professor-o‘qituvchilari, xodimlari va tinglovchilari ishtirokida ham tashkil etildi. Tadbirni mintaqaviy filial direktori O.Xaydarov kirish so‘zi bilan ochib, kun tartibidagi mavzu yuzasidan to‘xtalib o‘tdi.

Shuningdek, ma’naviy-ma’rifiy tadbir davomida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazining Surxondaryo viloyati mintaqaviy filiali “Ijtimoiy va mutaxassislik” fanlari kafedrasi mudiri U.Mustafoyev buyuk ajdodimizning dunyo ilm-fani va madaniyatiga qo‘shgan xissasi bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirdi. 

Tadbir mavzusi bo‘yicha imom-xatib va noib imomlar ham buyuk mutafakkir, shoir Zahiriddin Muhammad Boburning hayot yo‘li, ayniqsa uning o‘zbek mumtoz adabiyotiga qo‘shgan hissasi, uning nomi va merosi, ma’naviy-ilmiy g‘oyalari boshqa davlatlarga ham keng tarqalganligi, shuningdek, uning “Boburnoma”si insoniyat ma’naviy olamini boyitishda muhim ahamiyat kasb etishi haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar. 

Tadbirda har bir kishi buyuk mutafakkirning ibratli hayot yo‘li, ijodi va jahon ilm-ma’rifatiga qo‘shgan xissasi haqidagi qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

Izoh qoldirish

Izohlar