12.02.2024

Mir Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi Surxondaryo viloyati mintaqaviy filiali Qashqadaryo va Surxondaryolik imom-xatib va noiblardan iborat bo‘lgan 5-davra 1-gurux tinglovchilariga Termiz Davlat universitetiYuridik fakukteti Fuqorolik jamiyati kafedrasi o`qituvchilari Tarix fanlari bo‘yicha f.d (PhD) Davlatova Shoira, Tarix fanlari bo‘yicha f.d (PhD) Xo‘janazarov Abdusalom, Tarix fanlari bo‘yicha f.d (PhD) Jo‘rayeva O‘lmas hamda Termiz muhandislik texnologiyalari insituti o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi katta o‘qituvchi Xudayorova Nigora Nuritdinovna Mir Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan “Temur tig‘i yetmagan joyni qalam bilan oldi Alisher” mavzusida ma`naviy ma`rifiy tadbir tashkil etildi.


Alisher Navoiy (1441-1501) – buyuk shoir va mutafakkir, davlat arbobi. Navoiy yoshligidan Xurosonning (Transoksaniya) bo‘lajak hukmdori Husayn Boyqaro bilan (1469-1506) do‘st bo‘lgan. 10-12 yoshidan she’rlar yozishni boshlagan. Navoiyning zamondoshi bo‘lmish tarixchi Xondamir (1473(76) -1534) qoldirgan ma’lumotlarga ko‘ra, mashhur o‘zbek shoiri Lutfiy (1369-1465) qarigan chog‘larida bolakay Navoiy bilan ko‘rishadi va uning she’riy iqtidorini yuqori baholaydi.

Hayoti davomida Navoiy musulmon Sharqining turli mamlakatlarida bo‘ladi, o‘z davrining taniqli shaxslari bilan ko‘rishadi. O‘zining she’riy mahoratini oshiradi. 1464-1465 yillar Navoiy ijodining shinavandalari uning ilk she’riy to‘plamini (devonlari) tayyorlashadi. Bundan ko‘rinib turibdiki, o‘sha davrlardayoq Navoiy mashhur shoir bo‘lib ulgurgan. 1469 yilgacha temuriylar o‘rtasidagi o‘zaro ichki nizolar tufayli Navoiy o‘zining ona shahri Hirotdan uzoqda yashashga majbur bo‘lgan.

Husayn Boyqaro hokimiyat ishlarida Navoiyning aql va sadoqatiga tayanib ish ko‘rdi. Qarshiligiga qaramasdan, shoirni yuqori martabalarga tayinladi, 1472-yilda esa, “amir” (vazir)likka qo‘ydi. Buyuk shoir “Amiri kabir” (ulug‘ amir), “amirul muqarrab” (podshohga eng yaqin amir) unvonlariga musharraf bo‘ldi. Uning vazirlik yillari Hirotda obodonlik ishlari avj olgan, madaniyat gullab- yashnagan davr bo‘ldi. Ulug‘ amir o‘zi bosh bo‘lib, suvsiz yerlarga suv chiqardi, eski ariqlarni tozalattirdi, yangi ariqlar qazdirdi. Eski binolarni ta'mir qildirib, yangilarini qurdirdi. Qanchadan- qancha madrasalar, xonaqohlar soldirdi. Xondamir o‘zining “Makorim ul-axloq” nomli tarixiy asarida bunyodkorlik ishlarining batafsil ro‘yxatini keltirgan. Shuningdek, Navoiyning “Vaqfiya” asarida ham bu haqda qiziqarli ma’lumotlar bor. Boburning qayd etishicha, Abusaid musodara qilgandan, so‘ng Boyqaro tiklab bergan otameros katta mol-mulk, ko‘plab yer va sarmoya egasi bo‘lgan Navoiy Husayn Boyqaroga har yili mamlakatning obodonlik ishlari uchun mablag‘ berib turgan. 

Tadbir so‘ngida tinglovchi imom-xatiblar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga ishtirokchilardan javoblar olishdi, bunday tadbirlarni muntazam ravishda o‘tkazib borish kerakligi, tinglovchi imom-xatib va noib imomlar hamda tadbir ishtirokchilariga manzur kelganligi ta’kidlandi. 

Izoh qoldirish