Alisher Navoiy – so‘z mulkining sultoni
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi Samarqand viloyati mintaqaviy filialida Alisher Navoiy tavalludining 583-yilligi munosabati bilan “ Alisher Navoiy – so‘z mulkining sultoni” mavzusida o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir haqida
MA’LUMOTNOMA
Mamlakatimizning deyarli barcha hududlarida bugungi kunda Alisher Navoiy tavalludining 583-yilligi munosabati bilan keng qamrovli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Huddi shunday tadbirlardan biri 2024-yil 9-fevral kuni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazining Samarqand viloyati mintaqaviy filiali professor-o‘qituvchilari, xodimlari va tinglovchilari ishtirokida “ Alisher Navoiy – so‘z mulkining sultoni” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirni mintaqaviy filial direktori J.Ochilov kirish so‘zi bilan ochib, kun tartibidagi mavzu yuzasidan to‘xtalib o‘tdi. Ya’ni, Navoiy ma’naviy merosi, zamon va makon chig‘iriqlaridan muvaffaqiyatli o‘tib, yashab kelayotgan barhayot umuminsoniy g‘oyalar tizimidan munosib o‘rin olganligi, uning insonparvarlik g‘oyalari va amaliy faoliyati o‘z davri saroy ayyonlari, siyosatchilari tomonidan xushlanmagan bo‘lsa ham, ochiqchasiga xiyonat yo‘lini tutgan bo‘lsalar ham o‘z aql-zakovati bilan bunday sinovlardan doimo muvaffaqiyat bilan o‘tganligi to‘g‘risida batafsil to‘xtalib o‘tdi.
Dastur bo‘yicha tadbir davom etdi va tadbir davomida filialning “Ijtimoiy va mutaxassislik” fanlari kafedrasi mudiri X.Djurakulov, biz uchun muhim jihati, mutafakkirning o‘z davri va ungacha bo‘lgan davrlardagi olam, borliq, odam va jamiyatga doir falsafiy qarashlardagi mafkuraviy yondashuvlarda o‘ta xolis, irfoniy-ma’rifiy, ya’ni ilmiy munosabatda bo‘lganligini ta’kidlab o‘tadi.
Shuningdek, ma’naviy-ma’rifiy tadbir davomida buyuk mutafakkir, shoir Alisher Navoiyning hayot yo‘li, faoliyati davomida ilm-fan egallash, badiiy ijod va adabiyotni rivojlantirish, masjid-madrasalar qurish, aholini suv bilan ta’minlash, soliqlarni yengillashtirish, muhtojlarga moddiy yordam berish kabi ishlarni amalga oshirganliklari bo‘yicha tinglovchilar tomonidan fikr-mulohazalar bildirib o‘tildi.
Tadbirda har bir kishi buyuk mutafakkirning ibratli hayot yo‘li, ijodi va jahon ilm-ma’rifatiga qo‘shgan xissasi haqidagi qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Izoh qoldirish