10.02.2024

Bugun 9-fevral-Buyuk shoir va mutaffakir Mir Alisher Navoiy tavallud topgan kun

Alisher Navoiy o‘zbek adabiyoti va madaniyati tarixidagi ulug‘ siymolardan biridir. Zamondoshlari uni “Nizomiddin Mir Alisher” deb ulug‘laganlar. “Nizomiddin” - din nizomi deganidir. Ko‘pincha, mansab egalariga nisbatan aytilgan “mir” - amir demakdir.

Nizomiddin Mir Alisher Navoiy- shoir, mutafakkir, jahon adabiyotining yetuk siymolaridan biri, davlat arbobi, faylasuf.

 9-fevral: Buyuk shoir va mutaffakir Mir Alisher Navoiy tavallud  topgan qutlug‘ kun

 

Navoiy - o‘zbek halqining ulug' shoiri va buyuk mutaffakiri bo‘lib, uning nomini dunyoning eng mashhur shoirlari qatorida tilga oladilar. Navoiy butun ijodiy faoliyatini insoniyatning baxti uchun kurashga, halqning osoyishtaligi, obodonchilik ishlari, san’at hamda adabiyot taraqqiyotiga bag‘ishladi.

Alisher Navoiy ikki tilda mukammal ijod qilgan. Turkiy tilda “Navoiy”, forsiy tilda esa “Foniy” taxalluslarini qo‘llagan.

Alisher Navoiyning adabiy va ilmiy merosini 4 faslga bo‘lish mumkin:                    

1.Devonlari. 

2.Dostonlari. 

3.Forsiy tildagi she’riy merosi. 

4.Ilmiy-filologik, nasriy va tarixiy asarlari.

Alisher Navoiyning o‘zbek tilida yaratgan she’riy merosi asosan "Xazoyin ul-maoniy" devoniga jamlangan. Asar 4 qismdan iborat bo’lib, Devonning birinchi qismiga "G‘aroyib us-sig‘ar" ("Bolalik g‘aroyibotlari"), ikkinchi qismiga "Navodir ush-shabob" ("Yigitlik nodirotlari"), uchinchi qismiga "Badoye’ ul-vasat" ("O‘rta yosh badialari") va nihoyat, to‘rtinchi qismiga "Favoyid ul-kibar" ("Keksalik foydalari") degan nomlar berilgan. 

"Xazoyin ul-maoniy"dagi 4 devonning har birida 650 tadan 2600 g‘azal, umuman 4 devonda 210 qit’a, 133 ruboiy, 86 fard, 52 muammo, 13 tuyuq, 10 muxammas,                    10 chiston, 5 musaddas, 4 tarje’band, 4 mustazod, 1 musamman, 1 tarkibband, 1 qasida, 1 masnaviy, 1 soqiynoma mavjud bo‘lib, Sharq she’riyatining 16 turi namoyondir.

1472-1476-yillarda birinchi devoni “Badoye’ ul-bidoya” (“Badiiylik ibtidosi”) devonini shoh amri va istagi bilan o‘zi kitob qiladi. Mazkur devon 777 g‘azal,                    85 ruboiy, 52 muammo, 46 qit’a, 53 fard, 10 tuyuq, 10 lug‘z, 3 mustazod,                            5 muxammas, 3 tarje’band, 2 musaddasdan tarkib topgan.

Alisher Navoiy butun ijodi davomida turli janr va yo‘nalishlarda salmoqli ijod qilgan. Nasrda ham, nazmda ham yetuk asarlar yaratgan. Nasrda Navoiy asosan ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-ta’limiy va ilmiy-falsafiy, iqtisodiy yo‘nalishlarda qalam tebratgan.

9-fevral kuni, Oʼzbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazining Qoraqalpog’iston Respublikasi mintaqaviy filialida malaka oshirishga kelgan tinglovchilar va  Nukus shahridagi "Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy"  o’rta maxsus islom bilim yurti talabalari bilan birgalikda Buyuk shoir va mutaffakir Mir Alisher Navoiy tavallud topgan kuni munosabati bilan tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirni filial direktori A.Abibullaev kirish so’zi bilan ochib berdi va tadbirga kelgan ma’ruzachi Nukus davlat pedagogika institutining O’zbek adabiyoti kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori Hamza Allambergenovni ishtirochilar bilan tanishtirdi. Keyin, Hamza Allambergenov “Alisher Navoiy adabiy merosi va turkey til tamadduni” mavzusida Alisher Navoiyning hayoti yo’li va ijodi haqida aytib o’tdilar. Shuningdek, tadbir ishtirokchilari o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

 

Izoh qoldirish