01.02.2024

Sog‘lom turmush tarzi – mustahkam so g‘liq garovi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi Samarqand viloyati mintaqaviy filiali 4-davra tinglovchilari va filial professor-o‘qituvchilari ishtirokida 2024-yil 1-fevral kuni tushdan keyingi tadbirlar rejasiga asosan  o‘tkazilgan “Sog‘lom turmush tarzi – mustahkam so g‘liq garovi” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir to‘g‘risida

MA’LUMOTNOMA.

 Bugungi kunda O‘bekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi Samarqand viloyati mintaqaviy filialida oʼquv jarayonini takomillashtirish va tinglovchilarning darsdan keyingi bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida yetuk diniy-maʼrifiy soha xodimlari ishtirokida davra suhbatlari, Imom Buxoriy xalkaro ilmiy-tadkikot markazi va Xadis ilmi maktabining axborot reurs markazidan, sport zallaridan foydalanishlar yoʼlga qoʼyilgan. Xususan, 2024-yil 1-fevral kuni Hadis ilmi maktabida joylashgan kompleks sport majuasida “Sog‘lom turmush tarzi – mustahkam so g‘liq garovi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir  boʼlib oʼtdi. Unda Oʼzbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi Samarqand viloyati mintaqaviy filiali tinglovchilari – imom-xatiblar, noib imomlar va professor-o`qituvchilari bilan qiziqarli sport  mashg’ulotlari tashkil etildi. 

 

 Reja bo‘yicha Samarqand viloyati mintaqaviy filialida malaka oshirayotgan tinglovchilarni darsdan keyingi bo`sh vaqtlarini mazmunli o`tkazish ishlari davom etmoqda. 

Izoh qoldirish