31.01.2024

Surxondaryo bosh imom-xatiblarning ayollar masalalari bo‘yicha yordamchilari va barcha otinoyilar uchun tashkil etiladigan 1-kunlik o‘quv seminar.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi xuzuridagi Malaka oshirish markazi Surxondaryo viloyat mintaqaviy filiali bilan xamkorlikda Surxondaryo bosh  imom-xatiblarning ayollar masalalari bo‘yicha yordamchilari va barcha otinoyilar uchun tashkil etiladigan 1-kunlik o‘quv seminar.

 O‘zbekiston musulmonlar idorasining 2024 yil 
09-yanvardagi №03-13/48-sonli xatiga asosan 2023-yilning 
29-yanvar kuni dars jadvali asosida soat 08:30dan 12:50gacha Surxondaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan otinoyilar uchun tashkil etiladigan 1 kunlik o‘quv-seminaro‘tkazildi. O‘quv-seminar tasdiqlangan dars jadvali asosida o‘tkazildi

  1. O‘z joniga qasd qilish – og‘ir gunoh!.
  2. Idda haqida.?
  3. Ayollarga xos namozga oid muhim masalalar.

O‘quv seminarning birinchi mavzusi bo‘yicha: O‘z joniga qasd qilish - og'ir gunoh! Ma’ruzachi: Qosimova Xosiyat  – O‘zbekiston musulmonlar idorasi Surxondaryo viloyati vakilligining xotin-qizlar bo‘yicha yordamchisi.

Alloh taolo odam bolasiga juda ko‘p ne’matlar bergan, ularni sanab adog‘iga yeta olmaymiz. Shubhasiz, ular ichida eng qimmatli va muhimlaridan biri – hayot, tiriklik ne’matidir. Chunki bu ne’mat inson qolgan ne’matlarni qabul qilib olishiga sababchi bo‘ladi. Qur’oni karimning 200 dan ortiq oyati karimalarida arab tilidagi “xalq”, ya’ni “yaratish” ma’nosidagi o‘zakdan yasalgan so‘zlar keladi. Bu esa bizga inson bo‘lib yaralish Alloh taolo tomonidan berilgan katta ne’mat ekanini bildiradi. Alloh taolo bandalariga ato qilgan ne’matlari haqida shunday deydi:

“(Ey, insonlar!) Alloh osmonlar va Yerdagi barcha narsalarni sizlarga bo‘yin sundirib qo‘yganini va sizlarga barcha zohiriy va botiniy (moddiy va ma’naviy) ne’matlarini komil berganini ko‘rmadingizmi?! Odamlar orasida shunday kimsalar ham borki, ular o‘zlari bilmagan, hidoyat topmagan va aniq kitob (hujjat)ga ega bo‘lmagan hollarida Alloh xususida (Payg‘ambar bilan) munozara qilurlar” (Luqmon surasi, 20-oyat).

Shunisi ham aniqki, inson hayoti doim bir xil ne’matlar ichida kechmaydi – gohida yengil, gohida og‘ir, ba’zida xursandchilik, ba’zida musibat. Qur’oni karimda bu haqda shunday deyiladi:

“Haqiqatan, insonni (din va dunyo ishlarida mehnat va) mashaqqatda (bo‘lish uchun) yaratdik” (Balad surasi, 4-oyat).

O‘quv seminarning ikkinchi mavzusi bo‘yicha: Idda haqidaMa’ruzachi: To‘xtayev Nasrullo Nurillayevich – Imom Termiziy o‘rta maxsus islom ta’lim muassassasi yoshlar bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo`limi boshlig‘i: «Idda» so‘zi lug‘atda «sanash», «hisoblash» ma’nolarini bildiradi. Shariatda esa, ayol kishi erining vafotidan keyin yoki eri bilan ajrashganidan so‘ng saqlashi lozim bo‘lgan muddat «idda» deb ataladi. Bu hukmning shariatga kiritilishi bir necha hikmatlarga egadir: 

Birinchisi – eridan ajragan ayol homiladormi, yo‘qmi ekani aniqlanadi. Shu bilan nasl-nasab aralash-quralash bo‘lib ketishining oldi olinadi. Ikkinchisi – o‘lgan erning hurmati bajo keltiriladi. Uchinchisi – er bilan birga o‘tkazilgan oilaviy hayotning hurmati yuzasidan ham darrov boshqa erga tegib ketmay, idda o‘tiriladi. Yana boshqa hikmatlari ham bor. Endi bu masalada kelgan matnlar bilan tanishib chiqaylik. Idda hayz ko‘radigan hur ayolga taloq va fasx uchun uchta to‘liq hayz bo‘ladi.

«Fasx» kichik paytda nikohlab qo‘yib, balog‘atga yetganda ixtiyor o‘ziga berilishi orqali ajrashish, er qul, xotin cho‘ri bo‘lib turganda xotin ozod qilinib, unga ixtiyor berilgandagi ajrashish, er yoki xotindan biri ikkinchisiga xoja bo‘lib qolganligi uchun ajrashish, erning o‘g‘lini shahvat bilan o‘pganligi uchun ajrashish, ikkisidan birining murtad bo‘lganligi uchun ajrashish kabi holatlardagi majburiy ajrashishlardir. Fasxda ham xotinga taloq qilingandagi kabi idda o‘tirishi vojib bo‘ladi.

Ana o‘shanday holatda, ayol hayz ko‘radigan bo‘lsa, to‘liq uch marta hayz ko‘rib, tugashi bilan iddasi chiqadi. Taloq qilingan paytda hayz ko‘rib turgan bo‘lsa, hisobga kirmaydi. Undan boshqa yana uch marta hayz ko‘rishi lozim. Shubha yoki fosid nikoh ila jinsiy yaqinlik qilingan ayol o‘limda va ajrashganda ham shunday bo‘ladi. Ya’ni, iddasi uchta to‘liq hayz ko‘rish bo‘ladi. Albatta, u hayz ko‘radigan ayollardan bo‘lsa va homilador bo‘lmasa. «Shubha ila jinsiy yaqinlik qilish» qorong‘ida bilmasdan, «o‘zimning xotinim» deb o‘ylab, boshqa xotinga yaqinlik qilishga o‘xshash holatlarda sodir bo‘ladi. Fosid nikoh esa, guvohlarsiz bo‘lgan nikoh, opasining iddasida singlisiga uylanib olish, to‘rtinchi ayolning iddasi chiqmay turib, beshinchisini olish kabi holatlarda bo‘ladi.

O‘quv seminarning uchunchi mavzusi bo‘yicha: Ayollarga xos namozga oid muhim masalalar. Ma’ruzachi: Musurmanov Muhiddin Shopo‘latovich – Sho‘rchi tumani “Domla Qosim” jome masjidid imom-xatibi: 
Namoz kimlarga farz ? Islomning boshqa amrlari kabi namozning ham farz bo‘lmog‘i uchun shartlari bor: 1. Musulmon bo‘lish. 2. Aqlli bo‘lish. 3. Balog‘atga yetish. Ammo bolalar yetti yoshlaridan namoz o‘qishlarini Payg‘ambar Janobimiz amr etganlar 

Namozning farzlari: Namoz farzlari o‘n ikkita. Oltitasi namozning tashqarisida, bularga namozning shartlari deyiladi. Oltita-si namozning ichida, bularga namoz ruknlari deyiladi.

Namoz shartlari: 1. Hadasdan tahorat. 2. Najosatdan tahorat. 3. Satri avrat. 4. Istiqboli qibla. 5. Vaqt. 6. Niyat.  

1. Hadasdan tahorat Namoz o‘qiydigan odam tahoratsiz bo‘lsa, tahorat olishi, junub bo‘lsa g‘usl qilishi, yuvinib-cho‘milishi, agar suv bo‘lmasa, yoki bo‘lsa ham suvdan foydalanishdan ojiz bo‘lsa, tayammum qshshshi shartdir 

 2. Najosatdan tahora  t Badanda, libosda, namoz o‘qiydigan joylarda ibodat qilishga to‘sqinlik qiladigan darajada ifloslik bo‘lsa, tozapash shartdir. Faqat bu kirlarning namozga to‘siq bo‘ladigan darajada ekani e’tibordan chetda qolmasligi kerak. Badan, libos va namoz o‘qiydigan joyga tushgan ifloslik quyuq bo‘lsa, bir dirhamdan (2,8 grammdan), suyuq bo‘lsa, qo‘l kaftidan ko‘p bo‘lsa, uni tozalash farzdir. Badanidagi iflosni odamlar ko‘radigan darajada avrat joyini ochmasdan ketkazish, mumkin bo‘lmagan yerda, avra! joyini ochmaslik uchun, shu holda namoz o‘qish joiz.

Satri avrat: Kishi vujudida nomahram qarashi harom qilingan joylar avrat deyiladi. Ayollarda avrat: Musulmon va ozod ayolning avrat joylari qo‘li (bilagi oshig‘igacha), oyog‘i (to‘piklarigacha) va yuzidan tashqari butun badanidir. Sochi va gajagi ham avratga kiradi .Avrat joylarni yopish namozning shartlaridandir. Yuz, qul va oyog‘idan boshqa a’zosidan birining to‘rtdan bir qismi namoz ichida bir tasbeh aytar vaqtda, ya’ni, bir ruknni ado etar vaqtda ochilsa, namozi buziladi. To‘rtdan biridan oz qismining ochilishi yoki ochilgan zahoti yopilishi namozni buzmaydi  Namoz ichida yopilishi farz bo‘lgan ayol vujudi bir butun sifatida qaralmay, a’zolar har biri alohida avrat qabul qilingandir. Shu sababdan ochilgan avratning to‘rtdan birining  Ayollarga oid eng zarur fiqhiy masalalar tayin etilishi uchun avrat hisoblangan a’zolar alohida qaralishi kerak. Ayollarda avrat sanalgan a’zolar ( Ayollarda yuz , qo‘llar kafti , oyoqlar to‘piqlarining pastki qismidan boshqa butun tana avratdir ): 1-2. Ikki quloq. 3-4. Ikki ko‘krak. 5-6. To‘piqlari bilan ikki oyoq bilagi. 7-8. Ikki mushagi tirsaklari bilan. 9-10. Tirsaklaridan bilagiga qadar ikki qul. 11. Gardan. 12. Bosh. 13. Soch. 14. Bo‘yin. 15. Yelkalar  Bu sanalgan a’zolarning har biri alohida a’zo sifatida qabul qilingani uchun, ulardan birortasining to‘rtdan biri bir tasbeh miqdoricha, ya’ni, bir ruku yoki sajda qilajak vaqt oralig‘ida ochiq tursa, namoz buziladi (رَوَاهُ الامَامُ الحَاكِمُ فِي المُسْتَدْرَكِ)

Izoh qoldirish