17.01.2024

“Mardlar qo‘riqlaydi vatanni”

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazining Samarqand viloyati mintaqaviy filialida 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Mardlar qo‘riqlaydi vatanni” mavzusida o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir to‘g‘risida

MA’LUMOTNOMA

Bugungi kunda mamlakatimizning deyarli barcha hududlarida O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganining shonli 32 yilligi munosabati bilan “Xalq va armiya – bir tanu bir jondir” degan ezgu g‘oya asosida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar amalga oshirilmoqda. Huddi shunday tadbirlardan biri 2024-yil 13-yanvar kuni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazining Samarqand viloyati mintaqaviy filiali professor-o‘qituvchilari, xodimlari va tinglovchilari ishtirokida ham tashkil etildi.

 

Тadbirni mintaqaviy filial direktori J.A.Ochilov kirish so‘zi bilan ochib, “Mardlar qo‘riqlaydi vatanni” mavzusi yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi va davra suhbati ishtirokichlarini O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 32 yilligi bilan samimiy tilaklari bilan tabrikladi.

Ma’naviy-ma’rifiy tadbir davomida “Ijtimoiy va mutaxassislik” fanlari kafedrasi mudiri X.A.Djurakulov va kafedra o‘qituvchsi A.Yuldoshevlar: O‘zbekiston armiyasi 32 yil ichida juda murakkab va sharafli yo‘lni bosib o‘tganligi, yosh davlatimizning o‘ta og‘ir shakllanish yillarida aynan Qurolli Kuchlarimiz mamlakatimiz mustaqilligi, xalqimizning tinch hayoti va farovonligini ta’minlashda hamda demokratik islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishning ishonchli kafolati bo‘lib xizmat qilganligini, shuningdek keyingi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub islohotlar tufayli tarixan qisqa davrda O‘zbekiston Respublikasi suvereniteti va hududiy yaxlitligini, sarhadlarimiz daxlsizligini ishonchli himoya qilishga qodir bo‘lgan, tezkor va ixcham milliy armiya shakllanganligini ta’kidlab, tadbir ishtirokchilarini bayram bilan muborakbod etdilar.

Tadbir davomida tinglovchilar ham o‘zlarining fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar. Umuman olganda, tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘zaro qiziqarli savol-javoblar tarzida o‘tkazildi.

 

 

Izoh qoldirish