Oʻzbekiston Respublikasining davlat madhiyasi Oʻzbekiston Respublikasi davlat suverenitetining ramzidir
O‘zbekicton xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazining Samarqand viloyati mintaqaviy filiali tomonidan 2023-yil 12-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi madhiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan “Oʻzbekiston Respublikasining davlat madhiyasi Oʻzbekiston Respublikasi davlat suverenitetining ramzidir” mavzusida oʻtkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir to‘g‘risida
MA’LUMOT
Davlat ramzlari mamlakatimiz suvereniteti va mustaqilligini ifodalovchi, xalqimizning shaʼnu shavkati, gʼururi, or-nomusi, tarixiy xotirasi va orzu-umidlarini oʼzida mujassam etuvchi muqaddas timsoli bo’lib, mustaqillikning ilk kunlaridan xalqimizning ozodlik, hurlik singari eng buyuk orzu-intilishlarini, maʼnaviy qadriyatlarini ifodalovchi, Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, yurtga sadoqat, bunyodkorlik va yaratuvchanlikka undovchi Bosh qoʼshiqni qabul qilishga asosiy eʼtibor qaratildi. 1992-yil 10-dekabrda “Oʼzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi toʼgʼrisida”gi qonun imzolandi. Mazkur qonunda belgilanganidek, madhiyamiz davlat suverenitetining ramzi hisoblanadi, unga zoʼr ehtirom bilan qarash har bir fuqaroning vatanparvarlik burchidir.
Bugungi kunda mamlakatimizning deyarli barcha hududlarida madhiyamizning 31 yilligi munosabati bilan ma’naviy-marifiy tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda. Huddi shunday tadbirlardan biri 2023-yil 12-dekabr kuni “Oʻzbekiston Respublikasining davlat madhiyasi Oʻzbekiston Respublikasi davlat suverenitetining ramzidir” mavzusida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazining Samarqand viloyati mintaqaviy filiali professor-o‘qituvchilari, xodimlari va tinglovchilari ishtirokida madhiyamiz sadolari ostida tashkil etildi.
Shundan soʻng tadbirni mintaqaviy filial direktori J.Ochilov kirish so‘zi bilan ochib, kun tartibidagi mavzu yuzasidan to‘xtalib o‘tdi va tinglovchilarga tadbir ishtirokichlarini tanishtirdi hamda Oʼzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi bilan barchani samimiy tilaklari bilan tabrikladi.
Dastur bo‘yicha tadbir davom etdi va tadbir davomida filialning “Ijtimoiy va mutaxassislik” fanlari kafedrasi mudiri X.Djurakulov mustaqil davlaimizning ramzi hisoblangan madhiyamiz tarixi haqida oʻz fikr-mulohazalarini bildirib oʻtdi.
Ma’naviy-ma’rifiy tadbir davomida tinglovchilar Madhiyamiz haqida o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar va bu borada bilim-ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.
Izoh qoldirish