14.12.2023

Korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmlari

О‘zbekicton xalqaro islom akademiyasi huzuridagi  Malaka oshirish markazining Samarqand viloyati mintaqaviy filiali  tomonidan 2023-yil 9-dekabr kuni “9-dekabr - Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash” kuni munosabati bilan “Korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmlari” mavzusida imom-xatib va imom noiblar  bilan  о‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tо‘g‘risida 

MA’LUMOT

Bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurashish xalqaro miqyosdagi kabi respublikamizda ham dolzarb muammolardan hisoblanadi. Shu ma’noda respublikamizning deyarli barcha hududlarida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha ma’naviy-marifiy tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda. Huddi shunday tadbirlardan biri  2023-yil 9-dekabr kuni О‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazining Samarqand viloyati mintaqaviy filiali professor-о‘qituvchilari, xodimlari va tinglovchilari ishtirokida ham tashkil etildi.

Tadbirni mintaqaviy filial direktori J.Ochilov kirish sо‘zi bilan ochib, kun tartibidagi mavzu yuzasidan tо‘xtalib о‘tdi va tinglovchilarga tadbir ishtirokichlarini tanishtirdi. 

Dastur bо‘yicha quyidagi mavzular bilan tadbir davom etdi,  ya’ni:  

1-mavzu: “Korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslari”.

Ma’ruzachi: Xо‘ja Ismoil MFY proflaktika inspektori, mayor Ermatov Shuhrat.

Ma’ruza davomida Sh.Ermatov korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslari haqida о‘zining fikr-mulohazalarini bildirib о‘tdi.

2-mavzu: “Korrupsiya – jamiyat tanazzulining asosi”. Ma’ruzachi: Xо‘ja Ismoil MFYni raisi Turdiyev Zoir.

Z.Turdiyev korrupsiyaning mamlakatimiz taraqqiyoti kushandasi ekanligini va unga qarshi kurashish barchaning vazifasi bо‘lishi kerakligini ta’kidlab о‘tadi.

3-mavzu: “Kоrrupsiyagа qarshi kurаshishning ustuvor yoʻnalishlari”. Ma’ruzachi: “Ijtimoiy va mutaxassislik” fanlari kafedrasi professori, falsafa fanlari doktori  B.O.Turayev.

Ma’ruzadan kelib chiqib B.O.Turayev korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosoiy yoʻnalishlari quyidagilardan iborat ekanligini ta’kidlab, ularning bir nechtasini sanab oʻtdi. Xususan, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora – tadbirlarni amalga oshirish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni oʻz vaqtida aniqlash, ularga chek qoʻyish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart – sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ta’minlash va h.k.

3-mavzu: “Kоrrupsiyagа qarshi kurаshish mexanizmlari”. Ma’ruzachi: “Ijtimoiy va mutaxassislik” fanlari kafedrasi mudiri, falsafa fanlari doktori, dots.  X.Djurakulov.

X.Djurakulov tadbir davomida tinglovchilarga korrupsiyaning kelib chiqishi, mazmun-mohiyati haqida о‘zining fikr-mulohazalarini bildirib о‘tdi. 

Ma’naviy-ma’rifiy tadbir davomida tinglovchilar korrupsiya tushunchasi haqida о‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar va bu borada bilim-kо‘nikmalarga ega bо‘ldilar.  

 

Izoh qoldirish