14.12.2023

Meros masalasida imomlarning oʻrni

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi Samarqand viloyati mintaqaviy filiali 3-davra tinglovchilari hamda professor-oʻqituvchilari ishtirokida 2023-yil 11-dekabr  kuni Hadis ilmi maktabi ustozi Fazilatli Shayx Jamoliddin Hoshim hazratlari bilan “Meros masalasida imomlarning oʻrni” mavzusida bo‘lib o‘tgan davra suhbati  to‘g‘risida

MA’LUMOT

 

Malaka oshirish oʻquv jarayonini takomillashtirish bo‘yicha tayyorlangan takliflar va ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasi asosida tinglovchilar bilan koʻchma mashgʻulotlar, yetuk diniy-maʼrifiy soha xodimlari ishtirokida davra suhbatlari, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Xadis ilmi maktabining axborot reurs markazidan foydalanishlar yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bu borada Hadis ilmi maktabi bilan hamkorlikda muntazam ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar olib borilmoqda.

Xususan, 2023-yil 11-dekabr kuni Hadis ilmi maktabida “Meros masalasida imomlarning oʻrni” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda hadis ilmi oliy maktabining o‘qituvchilari – Fazilatli Shayx Jamoliddin Hoshim hazratlari va Mahmudjon domla Аbdurahmonovlar tomonidan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi Samarqand viloyati mintaqaviy filiali tinglovchilari – imom-xatiblar, noib imomlar va professor-o‘qituvchilari bilan qiziqarli davra suhbati olib borildi. 

Davra suhbatini  Hadis ilmi maktabining “Hadis ilmlari” kafedrasi katta o‘qituvchisi Maxmud Abduraxmonov ochib berdi va tinglovchilarga Hadis ilmi maktabi ustozi Fazilatli Shayx Jamoliddin Hoshim hazratlarini tanishtirdi.

 

Fazilatli Shayx Jamoliddin Hoshim hazratlari “Meros masalasida imomlarning oʻrni” mavzusi bo‘yicha ma’ruza qildilar.

O‘tkazilgan davra suhbatida tinglovchilar davra suhbatini katta qiziqish bilan tingladilar. Tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berdilar va batafsil javoblar oldilar.

 

Davra suhbati so‘ngida tinglovchilar  Fazilatli Shayx Jamoliddin Hoshim hazratlari bilan esdalik uchun sur’atga tushdilar.

Reja bo‘yich darsdan keyingi mashg‘ulotlar davom etmoqda.

Izoh qoldirish