12.12.2023

Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi Surxondaryo viloyati mintaqaviy filiali Qashqadaryo va Surxondaryolik imom-xatib va noiblardan iborat bo‘lgan 3-davra 1-guruh tinglovchilariga 2023 yil  09-dekabr Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni huquqiy-ma’rifiy tadbir bo`lib o`tdi.

Dunyoning rivojlanishi hamda tinchlik va xavfsizlikni ta'minlash maqsadida korrupsiyaga qarshi kurashda birlashmog‘imiz lozim!

Korrupsiya – bu har bir jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishini izdan chiqaruvchi eng xavfli jinoyatdir.

Hech qaysi mamlakat, biron-bir hudud yoki jamiyat yo‘qki u korrupsiyaga qarshi immunitetga ega bo‘lsa.

Birlashgan millatlar tashkilotida barcha davlatlar hamkorlikda, ta'lim, tibbiyot, sud-huquq, demokratiyaning rivojlanishiga korrupsiyaning kirib borishiga asosiy e'tiborini qaratuvchi tadbir ishlab chiqilgan. Xalqaro tadbir o‘zining e'tiborini korrupsiyaning barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda eng katta to‘siq bo‘lishga qaratadi.

Shu munosabat bilan 2003 yil 09 dekabr kuni Meksikada BMTning korrupsiyaga qarshi konvensiyasi imzolangan va ushbu kun Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni sifatida e'lon qilingan. Shu tariqa 2004 yil 09 dekabr kunidan boshlab Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni sifatida nishonlanmoqda.

Shu munosabat bilan 2023 yil 09 dekabr kuni Surhondaryo viloyat mintaqaviy filialida davra suhbati tashkil etildi. Termiz davlat universiteti Yuridik fakulteti Davlat va Huquq asoslari kafedrasi t.f.n. dotsent Bo`riyev S.D. va katta o’qituvchisi (PhD) Xo’janazarov Abdusalom, shuningdek mintaqaviy filial rahbar-xodimlari va tinglovchilar ishtirok etishdi. 

Korrupsiya jamiyat, davlat hokimiyati organlarining manfaatlariga qarshi qaratilgan noqonuniy faoliyatning maxsus ko‘rinishi ekanligini tushunish muhimligi takidlandi. U mansabdor shaxs va fuqaro(mijoz)ning o‘zaro kelishuvga erishib til biriktirishidir. Undan olinadigan moddiy va nomoddiy imtiyozlar noqonuniy bo‘lib, ularning atrofida ahloqsiz ijtimoiy muhit yuzaga kelishi aytib o`tildi.

Korrupsiyaning shakllari turlicha, ammo korrupsiya oqibatlari har qanday mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga, mamlakat aholisiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi.

Shu sababli bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurashda jamiyatda korrupsiyaga qarshi huquqiy ongni shakllantirishga alohida e'tibor qaratilmoqda, ya'ni korrupsiyaning har qanday ko‘rinishlaria qarshi insonning o‘zida ichki rad etishni shakllantirmoq asosiy maqsad ekanligi ta`kidlandi.

Bugungi kunda har bir fuqaroda: “poraxo‘r mansabdor shaxs bo‘lish nafaqat xavfli balki sharmandali hamdir, ammo halol yashash foydali va obro‘lidir” degan ichki ishonchni shakllantirish korrupsiyaga qarshi davlat siyosatining asosiy vazifasi hisoblanadi.

Izoh qoldirish