12.12.2023

Oʻzbekiston Respublikasi madhiyasi - Quyoshni uygʻotguvchi muazzam sado

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi Surxondaryo viloyati mintaqaviy filiali Qashqadaryo va Surxondaryolik imom-xatib va noiblardan iborat bo‘lgan 3-davra 1-guruh tinglovchilariga 2023 yil 10-dekabr kuni Termiz Davlat universiteti Termiz davlat universiteti Yuridik fakulteti Davlat va huquq asoslari kafedrasi t.f.n. dotsent S.D.Bo’riyev va katta o’qituvchi A.Z.Xo’janazarov boshchiligida “Oʻzbekiston Respublikasi madhiyasi - Quyoshni uygʻotguvchi muazzam sado ” mavzusida davra suhbati  bo'lib o'tdi.

Madhiyada xalqimizning ezgu orzu-umidlari, kelajakka mustahkam ishonchi teran ifodalangan. Unda mardona va sharaflarga boy o‘tmishimiz, milliy an’ana va qadriyatlarimiz, tinchlik,  osoyishtalik, millatlararo totuvlik va birodarlik kabi umuminsoniy tuyg‘ular tarannum etilgan.

O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, 1992-yil 10 dekabr O’zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi to’g’risida qonun qabul  qilingan kun. Qonunga ko‘ra, Davlat madhiyasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat suverenitetining ramzi bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasiga zo‘r ehtirom bilan qarash O‘zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining vatanparvarlik burchidir.

O‘zbek xalqi uchun qadrli bo‘lgan madhiya millatning asl qadriyatlarini aks ettiradi va eng asosiysi – Vatanimiz ozodligi va mustaqilligini himoya qilishga chorlaydi.

Shu qisqa davrda jonajon O‘zbekistonimiz mustaqil va suveren davlat sifatida shakllanib, jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin egalladi, tom ma’noda ulkan taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdi.

Ana shu mashaqqatli va sharafli yo‘lda erishgan barcha yutuqlarimizni, eng avvalo, madhiyamiz bilan bog‘laymiz, albatta, bejiz emas. 

To‘la ishonch bilan aytish mumkinki, O‘zbekiston Respublikasining madhiyasi xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yuksak namunasidir. U hech kimga qaram bo‘lmasdan, erkin va ozod, tinch va osoyishta, farovon yashashning qonuniy kafolati bo‘lib kelmoqda. Bozor munosabatlariga asoslangan huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish borasida mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda.

Davlat timsollari, jumladan, davlat gimnlari har bir mamlakatning kuch-qudrati, tarixi, an’analari, ma’naviy dunyosini o‘zida ifodalaydi. Davlatning bosh qo‘shig‘i – madhiya turli tillarda turlicha nomlanadi. Ko‘pgina Yevropa tillarida bu atama “gimn” so‘zi bilan ifodalanadi.

O‘zbekiston taraqqiyoti hamda barqarorligida Davlat ramzlarining o‘rni beqiyos. Vatanimiz bayrog‘i, gerbi, madhiyasi - katta bir darslik, kuchli tarbiya vositasidir. Insoniyat tarixida Vatan ramzlari doimo g‘urur va iftixor, ulug‘ va muqaddas sanalganki, ular uchun odamlar jonlarini fido qilganlar. Ular fuqarolarni bir maqsad yo‘lida birlashishga undagan. Davlat ramzlari hamisha muqaddas hisoblangan. Chunki ular millatning tarixi, buguni va kelajagini o‘zida aks etgan Vatanning yorqin timsolidir.

Davlat ramzlari mamlakat suverenitetini ifodalovchi muqaddas timsollardir. O‘zbekistonning Davlat ramzlari xalqimizning shon-sharafi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o‘zida mujassam etib, har birimizga faxru iftixor bag‘ishlaydi. Ular ma’naviyatning eng muhim timsollaridir. Shu bois madhiyamiz yangraganda biz ruhan jo‘shqinlikni, azmu shijoatimiz oshganini qalbimizda g‘urur va buyuk istiqbolga ishonch tuyg‘usini his etamiz.

O‘zbekistonda mustaqillik yillarida xalqimizning ma’naviyatini yuksaltirish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Madhiyasi yoshlarda Vatanga muhabbat, boy tariximizga, milliy o‘zligimizga chuqur hurmatni shakllantirishda, farzandlarimizning har tomonlama barkamol va yetuk insonlar bo‘lib voyaga yetishida muhim tarbiyaviy vosita bo‘lib hizmat qilmoqda. Madhiyada mardona va sharaflarga boy o‘tmishimiz, milliy an’ana va qadriyatlarimiz, tinchlik, osoyishtalik, millatlararo totuvlik va birodarlik kabi umuminsoniy tuyg‘ullar tarannum etilgan.

Davra suhbati savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi. Tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi. Muhimi bu davra suhbati ishtirokchilarda katta taassurotlar qoldirdi.

Izoh qoldirish