Konstitutsiyam – qadr qimmatim
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazining Samarqand viloyati mintaqaviy filiali tomonidan 2023-yil 7-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligiga bag‘ishlangan “Konstitutsiyam – qadr qimmatim” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir to‘g‘risida
MA’LUMOT
Mamlakatimizda qonun ustuvorligi va ijrosini ta’minlash davlatimiz siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, bu bevosita bosh qomusimiz Konstitutsiyada mustahkamlanib qo‘yildi. Bugungi kunda mamlakatimizning deyarli barcha hududlarida konstitutsiyamizning 31 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiyam – qadr qimmatim” shiori ostida ma’naviy-marifiy tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda. Huddi shunday tadbirlardan biri O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazining Samarqand viloyati mintaqaviy filiali professor-o‘qituvchilari, xodimlari va tinglovchilari ishtirokida ham tashkil etildi.
Tadbirni mintaqaviy filial direktori J.Ochilov kirish so‘zi bilan ochib, kun tartibidagi mavzu yuzasidan to‘xtalib o‘tdi va tinglovchilarga tadbir ishtirokichlarini tanishtirdi hamda konstitutsiyaning 31 yilligi bilan barchani samimiy tilaklari bilan tabrikladi.
Dastur bo‘yicha quyidagi mavzular bilan tadbir davom etdi, ya’ni:
1-mavzu: “Konstitutsiyam – qadr qimmatim”.
Ma’ruzachi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Huquqshunoslik fakulteti o‘qituvchisi, 3-darajali yurist E.Nazarov ma’ruza davomida mamlakatimizda qonun ustuvorligini ta’minlash, inson huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilish, barcha jabhalarni demokratik yangilash, bosqichma-bosqich va izchil isloh etish borasidagi amaliy sa’y-harakatlar samarasida bu ezgu maqsadlar ro‘yobga chiqayotganligi va huquqiy davlatchilikni qurish yo‘lida O‘zbekiston Respublikasi inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash ustuvor, deb hisoblangan o‘zining milliy qonunchiligini shakllantirayotganligi haqida o‘zining fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi.
2-mavzu: “Konstututsiya zamonaviy ta’lim asosi”. Ma’ruzachi: falsafa fanlari doktori, dotsent X.Djurakulov - “Ijtimoiy va mutaxassislik” fanlari kafedrasi mudiri.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi mamlakatimizda inson va fuqaroning huquq va erkinliklarini himoya qilishning huquqiy kafolati hisoblanadi. O‘zbekistonda 130 dan ortiq millat va elatlar istiqomat qiladi. Biz uchun Konstitutsiya jinsi, irqi, millati, dini, siyosiy va diniy e’tiqodi, mulkiy va mansab mavqei, yashash joyi, jamoat birlashmalariga a’zoligi va boshqa shaxsiy yoki ijtimoiy xarakterdagi shart-sharoitlar va holatlaridan qat’i nazar barchaning qonun va sud oldidagi, inson va fuqaroning huquq va erkinliklarda tengligini kafolatlashi eng muhimdir – deb, ta’kidlaydi X.Djurakulov.
Ma’naviy-ma’rifiy tadbir davomida tinglovchilar o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar va Konstitutsiya tushunchasi haqida o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar hamda bu borada bilim-ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.
Izoh qoldirish